Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/02 00:45 Kalyari 0-0 Lasio
22/02 01:00 Manchester Siti 2-1 Nyukasl
22/02 01:00 Atletiko 4-2 Espanyol
22/02 16:30 Jenoa 3-0 Torino
22/02 18:00 Xetafe 0-1 Sevilya
22/02 19:00 Atalanta 2-1 Napoli
22/02 19:00 Nottingem Forest 0-1 Liverpul
22/02 19:00 Kristal Pelas 1-0 Vulverhempton
22/02 19:00 Sanderlend 1-3 Fulhem
22/02 20:15 Barselona 3-0 Levante
22/02 21:30 Tottenhem 1-4 Arsenal
22/02 22:00 Milan 0-1 Parma
22/02 22:30 Selta 2-0 Malyorka
23/02 00:45 Roma 3-0 Cremonese
23/02 01:00 Vilyarreal 2-1 Valensiya
23/02 22:30 Fiorentina - Piza
24/02 00:45 Bolonya - Udineze
24/02 01:00 Everton - Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves - Jirona

Shohsupadan jarlikga qadar. "Milan"ning salbiy natijalariga sabab nima?

Shohsupadan jarlikga qadar. "Milan"ning salbiy natijalariga sabab nima?

Baho:
+ | -

A Seriya avvalini bir qator rekordlar va stabil natijalar bilan boshlagan "Milan" klubi ayni damda o‘z o‘yinini biroz yo‘qotib qo‘ydi. Mavsum avvalidan peshqadamlikni hech kimga bermayotgan "rossoneri" avvaliga ikkinchi o‘ringa ham ko‘ndi va ohiri kuchli 4likga kirishga ham rozi bo‘ldi, ammo klub ayni dam mana shu 4 talikda ham mavjud emas. Shohsupadan jarlik sari qulab borayotgan "Milan"ning natijalari nega yomonlashib ketdi? Bunga bir qator sabablar bor.

Resurslar muammosi

"Milan" klubi ushbu mavsum avvalida ko‘pchilikni hayron qoldirayotgan edi. Tarkib jihatdan anchagina sodda bo‘lishiga qaramay, natijalarda barqarorlik mavjudligi rost edi, ammo bu vaqtinchalik holat bo‘lib chiqdi. Mazkur muammolar baribir yuzaga qalqib chiqdi. "Rossoneri"da chempionat o‘rtalarida bir qator futbolchilar jarohat oldi va ularni o‘rnini bosa oladigan o‘yinchilar har doim ham topilavermadi. Topilganda ham saviya baribir o‘z so‘zini aytdi. Mana shu mavsumning ikkinchi qismidan boshlab klub ketma-ket ochkolar yo‘qotishni boshladi. Zlatansiz harakat qilib, ko‘plab ochkolarni boy bergan "Milan" bora-bora u bilan ham xuddi shu ishni qilishda davom etmoqda.

Murabbiy effekti

"Milan" klubi bosh murabbiyi Stefano Pioli avvaliga yaxshi natijalar bilan maqtov va olqishlarga loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, ayni paytga kelib, uning kursisi biroz qimirlab qoldi. Balki, u jamoaviy o‘yinni shakllantirgandir, ammo baribir mavsum yakuniga kelib, xarakter ko‘rsata olmadi. Katta o‘yinlarni boy berdi va shu sababli, jamoa hozir YECHL yo‘llanmasini beruvchi o‘rinlarda bormayapti. Solishtirish uchun, "Inter" klubi ayni dam peshqadam bo‘lib turibdi. Konte va uning shogirdlari kerak paytda, o‘z o‘yinini yo‘lga qo‘yib oldi va endi ular "skudetto"ni deyarli naqd qilib qo‘ydi. Aynan Pioliga yetishmagan jihat ham shu bo‘ldi. Ayni hal qiluvchi pallada u qo‘pol qilib aytganda "qovun tushirdi".

Iqtidor bor, ammo tajriba yo‘q

"Milan"ning aksar futbolchtilari yosh va iste’dodli futbolchilar hisoblanadi. Shuningdek, "rossoneri" kuchli beshlikdagi eng yosh jamoa hamdir. Bir tarafdan bu maqtovga sazovor, ammo natijalar bo‘lmayotgan payti bu ham bir salbiy holatdek tuyulishi mumkin. Yosh futbolchilarda tabiyki tajriba yetishmaydi va hal qiluvchi pallalarda bu ularga halal berib qolishi mumkin. "Milan"da ham shu vaziyat sodir bo‘ldi. Futbolchilar so‘nggi o‘yinlarda qandaydir ishonchsiz o‘yinlar ko‘rsatdi. Hali ular katta bahslarga unchalik ham tayyor emasligi ma’lum bo‘ldi.

Muvaffaqiyatsiz natijalarga qaramay, milanliklar YECHL chiqish vazifasini uddalashsa, kelgusi mavsumda ular xatolaridan xulosa chiqargan holda, xavfli bir jamoaga aylanishi mumkin. Agar, bunday qila olmasa, ko‘p ehtimol hammasini boshidan boshlashga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 13:32, 29.04.2021.
O'qildi: 2455 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.