«Leypsig» Yulian Nagelsmanning o‘rniga murabbiy olib kelishga qaror qildi.
Kelasi mavsumdan boshlab klubni «Zalsburg» ustozi Jessi Marsh boshqaradi. 47 yoshli mutaxassis 2 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Nagelsmann esa shu yilning 1 iyulidan boshlab «Bavariya» bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi. Myunxenliklar Yulian uchun 25 mln yevro to‘lashdi.