Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

«Andijon» vise-prezidenti bosh murabbiyning iste’fosiga izoh berdi

«Andijon» vise-prezidenti bosh murabbiyning iste’fosiga izoh berdi

Baho:
+ | -

Biroz oldin «Andijon» bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayevni iste’fosi haqida xabar bergan edik. Bosh murabbiy iste’fosi yuzasidan klub vise prezidenti Doniyorbek Mullajonovning fikrlari bilan qiziqdik. Quyida vise prezidentning bosh murabbiy iste’fo borasidagi fikrlarini o‘qishingiz mumkin.

«Andijon» jamoamiz o‘z oldiga juda katta maqsadlarni qo‘ygan. Shu maqsad yo‘lida barcha tinim bilmay mehnat qilmoqda.

«Andijon» jamoasi birgina bizning emas, balkim xalqning ham jamoasi hisoblanadi. Jamoa natijasi hech kimni befarq qoldirmaydi. Muxlislarimiz jamoamizdan faqat g‘alaba talab qiladi. Biz Otabek G‘ulomxo‘jayevga vaqt va imkon berdik. Chempionat boshida jamoani shakllantirib olish uchun ham imkon berdik. Ammo jamoaning natijasi yuqorida aytib o‘tganimdek barcha uchun muhim hisoblanadi. Kubok bahslari ham biz uchun muhim edi, afsuski kubokni tark etdik.

Jamoamizdagi futbolchilar barchasi kuchli va yaxshi darajadagi futbolchilar hisoblanadi. Otabek G‘ulomxo‘jayev ham yaxshi darajadagi murabbiy. Bosh murabbiyda futbolchilarga nisbatan qattiq qo‘llik yetishmadi deb o‘ylayman. Balkim, Otabek G‘ulomxo‘jayev ko‘proq yosh futbolchilar bilan ishlaganligi sababli yigitlarga qattiq qo‘llik qilmagandir.

Gap natija bo‘lmasa bosh murabbiy almashtiraverishda emas, biz ko‘p imkon berdik. Bosh murabbiyning asosan yoshlar bilan ishlagani jamoamiz o‘yinida sezilib qoldi. Natija muhim, chunki butun Andijon xalqi sevimli jamoasidan faqatgina g‘alaba kutadi.

Shu o‘rinda Otabek G‘ulomxo‘jayevga jamoamiz uchun qilgan xizmatiga minnatdorchilik bildirib qolaman. Keyingi faoliyatida omad yor bo‘lishini chin dildan tilab qolaman", — Doniyorbek Mullajonov klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Manba: https://t.me/fcandijan
Kiritildi: 23:35, 29.04.2021.
O'qildi: 3156 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.