Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Sardor Telyakov: “Keyingi bosqichga guruh peshqadami sifatida yo‘l olmoqchimiz”

Sardor Telyakov: “Keyingi bosqichga guruh peshqadami sifatida yo‘l olmoqchimiz”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Coca Cola kubogi guruh bosqichi, 3-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Olimpik” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning mahoratli yarim himoyachisi Sardor Telyakov bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bo‘lajak raqibimiz “Olimpik” Pro-liga ishtirokchisi bo‘lsa-da, har bir raqibga hurmat bilan qarash lozim. Buni O‘zbekiston kubogi guruh bosqichidagi oldingi o‘yinlar ham tasdiqladi, ya’ni, avvalgi bahslardagi raqiblarimiz ham Pro-liga va Birinchi liga vakillari bo‘lishsa-da, jamoamizga munosib qarshilik ko‘rsatishga intilishdi. O‘sha o‘yinlardagi g‘alabalar osonlikcha qo‘lga kiritilmadi. “Olimpik” jamoamiz kabi oldingi ikkita o‘yinda zafar quchganligi bois, bo‘lajak uchrashuv guruh g‘olibini aniqlab berishi bilan ham ahamiyatli.Keyingi bosqichga guruh peshqadami sifatida yo‘l olmoqchimiz. Shu bois, mazkur o‘yinda g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Ushbu o‘yindan boshlab, jamoamiz muxlislari yana bevosita stadionda biz – futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Shu bois, ishqibozlarga quvonch ulashishga harakat qilamiz. Faqat muxlislar jamoamizni  munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab turishsa bo‘lgani", — dedi Telyakov.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 04:07, 30.04.2021.
O'qildi: 1698 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик