Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Messi, Myuller va Keyn yoxud o‘z akademiyasiga sodiq qolgan super yulduzlar

Messi, Myuller va Keyn yoxud o‘z akademiyasiga sodiq qolgan super yulduzlar

Baho:
+ | -

Futbol tarixida shunday futbolchilar borki, ma’lum bir futbol jamoasining akademiyasida futbol sir-asrorlarini o‘rganadi. Agar, ular o‘zini katta futbolga tayyor ekanligini sezishsa, boshqa futbol jamoalarini qidirib qolishadi va bolaligi o‘tgan klubni tark etishga majbur bo‘lishadi. Ammo zamonaviy futbol tarixida yana bir avlod vakillari borki, ular yoshlar akademiyasini tugatgandan so‘ng, hech qaysi jamoaga bormagan, balki o‘z jamoasi yetakchilaridan biriga aylanib, yulduzlik darajasigacha ko‘tarilgan. Hozir biz sizlarga xuddi shunday futbolchilardan tuzilgan top-10 reytingimizni taqdim etamiz.

10. Janluiji Donnarumma

«Milan» jamoasi darvozaboni.


Donnarumma necha yoshda ekanligini taxmin qiling. U 2015 - yilda Milan shahrining asosiy jamoasida debyutini amalga oshirgan va bir oz vaqtdan so‘ng, «Milan»ningd asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanib oladi. Demak, siz uni ayni paytda necha yoshda deb o‘yladingiz? 25 yoshdami? Yoki Balki, 26 yoshdadir? Ammo siz o‘ylagan raqamlarning hammasi noto‘gri. Janluiji atigi 22 yoshda, lekin milanliklar jamoasiga yosh bo‘lsada yordam berib kelmoqda. Donnarumma uchun so‘ngi 5 yillik davr juda qiyin kechgan. Birinchidan, asosiy tarkibdagi o‘z o‘rnini yo‘qotib qo‘ymaslik uchun doimiy tarzda mashg‘ulotlar olib bordi. Italiyalik darvozabon «Milan» murabbiylarini ishonchini oqlash unchalik oson bo‘lmagan. Ikkinchidan, u Italiya klubi bilan sovrin yutishdan quruq qolmoqda. Unga juda ko‘p Yevropaning top jamoalari taklif bilan chiqishgan, ammo Donnarumma hali-hanuzgacha «Milan» bilan birga. Agar, Italiya jamoasi yana shonli tarixidagi natijalarini qaytara olib, o‘z natijalarini yaxshilay olsa, albatta Janluiji bu jamoada oxirigacha qolishiga shubha yo‘q. Lekin, ayni paytda uning boshqa jamoaga o‘tishi haqidagi xabarlar matbuotda bot-bot takrorlanib turibdi.


9. Ektor Bellerin

«Arsenal» jamoasi himoyachisi


Garchi, Ektor futbolchilik davrini Kataloniyaning «Barselona» jamoasida boshlagan bo‘lsa ham, ammo Londonning «Arsenal» jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ispaniyalik futbolchi 16 yoshida «kononirlar» safiga qo‘shilgan bo‘lib, hozirgacha mazkur jamoa sharafini himoya qilib keladi. Bellerinda nafaqat qanot himoyachisi uchun zarur bo‘lgan barcha xislatlari bor, balki aqlli o‘yin ko‘rsatish, yetakchilik va ma’suliyatlilik kabo xislatlarni ham o‘zida namoyon etgan. Mahoratali futbolchi londonliklar jamoasining turli xil yoshdagi jamoalari tarkibida ajoyib o‘yinlar ko‘rsatgan Keyinchalik jamoa futbolchida o‘yin amaliyoti yuqori bo‘lishi uchun bir mavsum davomida «Uotford» jamoasiga ijaraga berib yuboradi. 2013/14 - yilgi mavsumda jamoaga qaytib kelgan iqtidor egasi, «Arsenal»ning qolgan mavsumlari davomida asosiy tarkibda tusha boshlaydi. Bellerin hozirgi paytgacha, London jamoasi safida 180 o‘yinda maydonga tushib, 8 marta gol urishga erishgan. Qolaversa, 2016 - yildan beri, Ispaniya terma jamoasiga chaqiruv olgan, ammo milliy jamoada uning joyida «Real» futbolchisi Dani Karvaxal o‘ynaganligi sababli, 3 martagina maydonga tushish nasib qilgan.

8. Presnel Kimpembe

«PSJ» himoyachisi


Odatda, «PSJ» jamoasi haqida gap ketganda, katta pullar evaziga transferlarni amalga oshiradigan klub ko‘z oldimizga keladi. Ammo, parijliklar safida ham, o‘z akademiyasi tarbiyalanuvchisi to‘p suradi.
1995 - yilda tavallud topgan Presnel Kimpembe nafaqat juda iqtidorliligi bilangina nom qozonmay, balki o‘zining maydondagi yetakchiligi bilan ham nom qozongan.
Kimpembe 10 yoshida «PSJ» akademiyasiga kelib qo‘shilgan. Shundan beri, uning hayoti mazkur jamoa bilan bog‘langan. 2005 - yildan, to 2014 - yilgacha parijliklarning yoshlar jamoasi safida to‘p tepgan. 2014 - yildan beri esa, mazkur jamoaning asosiy takibida maydonga tushib kelmoqda. Hozirgacha, «PSJ» tarkibida 105 uchrashuvda maydonga tushib ulgurdi. Tajribali himoyachi garchi 2014 - yilda Kongoning 20 yoshli futbolchilari terma jamoasi safiga chaqiruv olgan bo‘lsada, keyinchalik Fransiya bayrog‘i ostida maydonga tushishni boshlaydi. 2018 - yildan beri, Fransiya asosiy terma jamoasidan chaqiruv olishni boshlagan futbolchi, hozirgacha 13ta o‘yinda maydonga tushib ulgurgan. Qolaversa, 2018 - yilda Rossiya maydonlarida bo‘lib o‘tgan, Jahon chempionati oltin medallariga ega chiqishga ham ulgurgan.


7. Markus Reshford

«Manchester Yunayted» hujumchisi


Reshford «Manchester Yunayted»ning akademiyasining tarixdagi eng yaxshi tarbiyalanuvchilaridan biridir. Uning ilk marta «mankunianlar» debyut qilishi tasodifan ro‘y bergan. O‘sha paytda manchesterliklar jamoasi Van Gal qo‘l ostida shug‘ullanardi va jamoa shu paytda jarohatlar bilan bog‘liq muammolarga o‘ralashib qolgandi. Uning dastlabki o‘yini Yevropa Ligasi doirasidagi qarama-qarshilikka to‘g‘ri kelgan. «Midtyullan»ga qarshi uchrashuvda Markus 90 daqiqa davomida maydonda harakat qiladi va o‘zini har tomonlama namoyish qilgan. Reshford o‘sha o‘yinda ikkita gol urgandi. Keyin esa bir necha kundan so‘ng, APLda «Arsenal»ga qarshi kechgan o‘yinda yana bir dubl qayd etadi. Angliyalik iqtidor o‘shandan so‘ng,
«Manchester Yunayted»ning asosiy futbolchisiga aylanadi.


6. Koke

«Atletiko Madrid» yarim himoyachisi

So‘nggi bir necha yil ichida «Atletiko»da ko‘p narsa o‘zgardi. Diyego Godin va Gabi kabi futbolchilar faoliyatini yakunlashdi. Bosh murabbiy Diyego Simeonening shon-sharafli yillari «matraschilar» o‘zlarining jismonan qudratli, yirtqich futbol uslubi tufayli La Ligada g‘alaba qozonib, ikki marta Chempionlar Ligasi finaliga yo‘l olishdi.

Bu kabi yutuqlarda «Atletiko»ning 28 yoshli yarim himoyachi Kokening xizmatlari juda katta bo‘lgan. Mazkur futbolchi 8 yoshida jamoaga kelib qo‘shilgan bo‘lib, yoshligidan o‘z iqtidorini namoyish etib kelgan. Hozirgi paytada ham karerasining eng yuqori cho‘qqisida harakat qilayotgan, Ispaniyalik o‘yinchiga, boshqa jamoalardan ko‘plab takliflar tushgan, lekin «Atletiko»ga sodiq qolgan holda jamoani tark etishni xohlamagan.
Koke «matraschilar»ning yoshlar jamoasi safida, 2000 - yildan, to 2008 - yilgacha to‘p suradi. Asosiy jamoaga esa, 2009 - yildan boshlab tusha boshlagan. Shu paytgacha futbolchi «Atletiko» safida 327 bahsda maydonga tushib, 35 marta raqiblar posponini ranjitishga erishgan.


5. Serxio Buskets

«Barselona» yarim himoyachisi

 


Buskets Kataloniya jamoasining azaldan muxlisi bo‘lgan. Chunki uning otasi Karles ham «Barsa»da darvozavon vazifasida to‘p tepgan. Ammo, u zaxira posponi hisoblangan. Shuning uchun u o‘g‘ini o‘zidanda buyuk futbolchi bo‘lishini xohlagan. Shu sababli, Serxioni «ko‘k anorranglilar» akademiyasiga borishini ta’minlaydi.
Pedro va Buskets birgalikda mazkur klub akademiyasining istiqbolli bitiruvchilaridan deb hisoblanmagan, ammo «Barsa»ning sobiq ustozi Pep Gvardiola 2008 - yilda akademiyadan ushbu futbolchilarni asosiy jamoaga taklif qiladi. Keyinchalik, mazkur o‘yinchini «Barsa»ning asosiy figuralaridan biriga aylanishini hech kim kutmagandi.


4. Harri Keyn

«Tottenxem» hujumchisi

Buskets singari Keynga ham yoshligida juda kam ishonch bildirishgan. . «Tottenxem»ning asosiy jamoasiga qabul qilinishidan avval, u «Lester», «Norvich», «Milluol» va «Leyton Oriyent» kabi jamoalarda bir necha mavsum davomida ijarada to‘p surgan. London jamoasi unga qanchalik ishonch bildirmasa ham, lekin bolaligi o‘tgan jamoaga sodiq qolishda davom etgan. Agar, o‘sha paytda Keynni qachondir Angliya terma jamoasining kelajakdagi sardori, qolaversa qaysidir Jahon chempionatining to‘purari bo‘ladi deyishsa, hech kim ishonmasdi. Ammo Harri bularning barchasini amalga oshirishga erishdi.
U «shporlar» asosiy tarkibiga kirgandan so‘ng, u hech qachon gol urishni to‘xtatmadi va hozirda «Tottenxem» tarkibidagi gollari soni 200taga yaqinlashib qolgan.


3. Trent Aleksandr-Arnold

«Liverpul» himoyachisi

 


Aleksandr-Arnold hozirda atigi 22 yoshda, lekin «Liverpul»ning o‘ng qanot himoya qo‘rg‘onining asosiy qo‘riqchisi hisoblanadi. Lekin u bu darajaga yetishigacha ancha qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazgan. 2004 - yildan, to 2016 - yilgacha «qizillar» akademiyasida futbol sir-asrorlarini o‘rgangan. 2016 - yilga kelib, Yurgen Klopp mazkur futbolchining harakatlaridan, uning iqtidorni payqab qoladi va asosiy jamoaga taklif qiladi. Shundan so‘ng zaxiradan tushib, o‘zini ko‘rsatadi va hozir nemis mutaxasisining ishongan futbolchisi hisoblanadi. Trentga Yevropaning top jamoalaridan juda ko‘p takliflar bo‘lmoqda, ammo u yoshligi o‘tgan jamoadan ketmoqchi emas.

2. Tomas Myuller

«Bavariya» hujumchisi


Faoliyatida tezda o‘sish bo‘lgan futbolchi sifatida Myullerni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Chunki nemis futbolchisi 2009/10 - yilgi mavsumgacha «Bavariya»ning asosiy jamoasida 4 martagina maydonga tushgan futbolchi edi. Ammo keyingi mavsumda to‘purarlar qatorida bo‘lgan, bir necha oylardan so‘ng esa, Oltin to‘pga da’vogar futbolchiga aylangan. «Bavariya» Bekkenbaur, Filipp Lam, Uli Xyones kabi buyuk o‘yinchilarni akademiyasida tarbiyalagan. Tomasni ham shu futbolchilar qatoriga qo‘shish mumkin. 2007 - yildan beri Germaniyaning eng yaxshi jamoasida to‘p surib kelayotgan o‘yinchi, hozirgacha 370 uchrashuvda maydonga tushib, 128 golni hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Nemis futbolchisiga qarata «boshqa kuchliroq jamoaga o‘tishni istamaysiz?» degan savolga. «Axir o‘zi eng buyuk jamoada to‘p tepamanku.» deb javob bergan.


1. Messi

«Barselona» hujumchisi

 


2000 - yilda 13 yoshli kichkina bolakay «Barselona» jamoasi akademiyasida paydo bo‘ladi. Oradan yigirma yil o‘tib esa, ushbu o‘yinchi jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanishini hech kim kutmagandi. Kataloniya jamoasi Argentinadan olib kelingan Leo akademiya tarkibida juda ko‘p qiyinchiliklarni bosib o‘tgan.
Messi qanchalik buyuk bo‘lsa ham, o‘zni shu darajagacha yetkazgan jamoani haligacha tark etmadi. U jamoa bilan juda ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Individual sovrinlar yutishda ham eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Argentinalikni bu darajagacha yetib kelishiga, albatta «Barselona»ning xizmatlari juda katta.

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Kiritildi: 15:26, 30.04.2021.
O'qildi: 2065 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.