Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Mourinyo va APL munosabati

Mourinyo va APL munosabati

Baho:
+ | -

Portugaliyalik «Benazir» - Joze Mourinyoning nav­batdagi iste’fosi uzoqqa cho‘zilmagan Superliga talvasasi vaqtiga to‘g‘ri keldi. Bir qarashda, Florentino Peres va Andrea Anyelli imzosi ostidagi mo‘rt g‘oyanikidan kuchliroq «gumburlash»ni yuzaga keltirish ilojsizdek tuyulgandi.  Lekin «Tottenxem» rahbariyati buni uddaladi - Joze Mourinyoning kutilgan iste’fosini rasman tasdiqlash bilan OAVni birrov o‘z tomoniga burdi.

Joze Mourinyo ziddiyatli xatti-harakati va murakkab tabiatiga qaramay, APL ramziga aylandi. Boshqacha aytganda, Joze Angliya chempionatining asosiy yulduzlari qatoriga kirdi va endi shunday maqomda qoladi. Hech shubha yo‘q, Mourinyo hattoki, ishsiz yursa ham, omma e’tiboridan tushmaydi aslo.

Ma’lumot uchun, portugaliyalik mutaxassisning APLdagi faoliyati 4ta davrni o‘z ichiga oldi. Ular haqida ko‘p gapirilgan, yozilgan. Shunday ekan, keling, bu safar tafsilotlarni bir chetga suramizda Mourinyo va APL munosabatini eng muhim faktlarni o‘z ichiga olgan 4tagina tasvir yordamida esga olamiz. Shubhasiz, muxlislar bu insonni tezda sog‘insalar kerak.

Joze Mourinyo APLda: Birinchi qadam

CHELSI |2004-2007

184 o‘yin | 124 g‘alaba | 22 mag‘lubiyat

2 APL chempioni |2  Liga kubogi | Angliya kubogi | Angliya superkubogi

- Meni kalondimog‘ yoki maqtanchoq o‘rnida ko‘rmang. Lekin CHLda g‘alaba qozonganman va o‘ylaymanki, benazirman.

 

Joze Mourinyo APLda: ikkinchi qadam

CHELSI |2013-2015

136 o‘yin | 80 g‘alaba | 29 mag‘lubiyat

APL chempioni | Liga kubogi

- Odatda qiyinchiliklardan o‘zgacha rohatlanaman. Menimcha, kerakli joyga keldim.

 

Joze Mourinyo APLda: uchinchi qadam

MYU |2016-2018

 144 o‘yin | 84 g‘alaba | 29 mag‘lubiyat

YEL kubogi | Liga kubogi | Angliya superkubogi

- Bir mavsumda qo‘lga kiritilgan 3ta sovrinni nazarda tutib bemalol aytaman - butun faoliyatimdagi eng og‘ir yildan qoniqdim.

 

Joze Mourinyo APLda: to‘rtinchi qadam

TOTTENXEM |2019-2021

86 o‘yin | 45 g‘alaba | 24 mag‘lubiyat

Joze «Tottenxem» bilan biror sovrin yutolmadi.

- Bu yerga yutqazish uchun kelganim yo‘q - mag‘lubiyatni jin ursin. «Tottenxem» sovrin yutishi uchun shu yerdaman.

Yana bir jihatga alohida to‘xtalish kerak - Joze Mourinyo «Tottenxem»da hech narsaga erishmagani haqida gapirish uncha to‘g‘ri emas. Axir u havas qiladigan darajada pul topdi. Daily Mail nashrining tasdiqlashicha, portugaliyalik mutaxassis 2023 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasining muddatidan oldin bekor qilingani tufayli «Tottenxem»dan 15 mln. funt sterling miqdorida tovon puli oladi (ayrim manbalarda yozilishicha - 20 «limon»). Bu Mourinyoning butun faoliyati uchun odatiy holdir. Umuman olganda, klublar «Benazir»ni ko‘p bora iste’foga chiqargan va u har safar yaxshigina kompensasiya to‘loviga ega chiqqan:

2007 yil - «Chelsi» 23 mln. funt sterling to‘ladi

2013 yil - «Real» 17 mln. funt sterling to‘ladi

2015 yil - «Chelsi» 8 mln. funt sterling to‘ladi

2018 yil - «MYU» 26 mln. funt sterling to‘ladi

2021 yil - «Tottenxem» 15 mln. funt sterling to‘laydi

Umumiy hisobda aytsak, iste’folar ortidan portugaliyalik murabbiy cho‘ntagiga tushgan (tushadigan) jami summa 89 mln. funt sterlingga teng. To‘g‘ri, bu borada turli manbalarda turlicha summalar keltiriladi.

H.ATAVULLAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:22, 01.05.2021.
O'qildi: 3998 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.