Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Diyor Imomxo‘jayev OFK kubogi oldidan «Nasaf» duch kelayotgan muammolar haqida ma’lumot berdi

Diyor Imomxo‘jayev OFK kubogi oldidan «Nasaf» duch kelayotgan muammolar haqida ma’lumot berdi

Baho:
+ | -

OFK kubogining «Nasaf» joy olgan guruhi uchrashuvlari sun’iy maydonlarda o‘tishi bizning klub uchun katta ehtimol bilan muammo tug‘diradi.

«Nasaf» guruh o‘yinlariga mezbonlik qilish yuzasidan ariza topshirgandi. Qashqadaryoda uchrashuvlarni yuqori saviyada o‘tkazish imkoniyati bor edi. Ammo OFK Tojikiston variantini afzal bildi. Endilikda «Nasaf» sun’iy maydonda ham mashg‘ulot olib borishiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, Tojikiston jamoasining o‘yinlari faqat kechki paytga qo‘yilgan. «Nasaf» esa uch uchrashuvdan ikkitasini issiq havoda o‘tkazishga majbur. Havo issiq vaqtda sun’iy maydonda o‘ynash qanchalik azob ekani sizga yaxshi ma’lum.

Endilikda Berdiyev oldida muammo bor. 10 may kuni «Nasaf» Superliga doirasida "Mash’al"ga qarshi maydonga chiqishi kerak. Biroq bu vaqt oralig‘ida sun’iy maydonga ham mashg‘ulotlar orqali ko‘nikib borish talab etiladi. Shundan kelib chiqilsa, uchrashuv sanasining o‘zgartirilishidan «Nasaf» manfaatdor. Biz may oyining so‘nggi o‘n kunini Vadim Abramovga topshirib qo‘yganmiz. OFK kubogi sabab «Nasaf» shundoq ham 1 ta uchrashuvni qo‘yib yuboradi. "Mash’al" bilan o‘yin qoldirilsa, demak bunday o‘yinlar soni 2 tani tashkil qiladi. Buyog‘i yozning chillasiga ulanadi va hokazo.

Ishonamizki, qiyin sharoitda bo‘lsa ham «Nasaf» o‘zini ko‘rsata oladi. Hozir esa "Mash’al" bilan o‘yin masalasida bosh qotirish kerak.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 07:00, 02.05.2021.
O'qildi: 5008 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.