Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
20/10 18:30 OKMK - Guliston
20/10 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
20/10 19:00 Neftchi - Lokomotiv
20/10 21:45 Sabah - Borussiya D
20/10 21:45 Fenerbaxche - Slaviya
21/10 00:00 PSJ - Barselona
21/10 00:00 Manchester Siti - AEK
21/10 00:00 Shtutgart - Atletiko
21/10 00:00 Liverpul - Vilyarreal
21/10 00:00 Portu - PSV
21/10 00:00 Roma - Slovan
21/10 00:00 Napoli - Bude-Glimt
21/10 19:00 Navbahor - G'azalkent
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

Shomurodov «Lasio» — «Jenoa» uchrashuvining eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘ldi

Shomurodov «Lasio» — «Jenoa» uchrashuvining eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodov A Seriya 34-turi doirasida «Lasio»ga qarshi kechgan 2 may kungi uchrashuvda (3:4) maydonga tushdi.

WhoScored portali o‘zbekistonlik futbolchining o‘yinini 7,5 ballga baholagan. Bu genuyaliklar safida Milan Badel (8 ball) va Mattia Perindan (7,7) keyingi eng yaxshi natija bo‘ldi. Eldor uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi va jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.

Shomurodov uchrashuv davomida 47 marta to‘pga tegindi. Uning 27 uzatmasidan 22 tasi (81%) aniq chiqdi. 25 yoshli futbolchi maydonda 10 marta yakkakurashga kirishib, ularning uchtasida muvaffaqiyat qozondi.

SofaScore portali esa o‘zbekistonlik hujumchining o‘yinini 7,2 ballga loyiq ko‘rdi.



Shomurodov A Seriya 2020/21 yilgi mavsumida 27 ta o‘yin o‘tkazib, 5 gol va bitta golli uzatma amalga oshirdi. Eldor ilk bor A Seriyaning ketma-ket ikkita o‘yinida gol urdi, bundan avvalgi turda o‘zbekistonlik hujumchi «Spesiya» darvozasini ishg‘ol qilgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 00:15, 03.05.2021.
O'qildi: 21924 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик