Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

La liga. «Barselona» Messining gollari evaziga «Mestalya»da qiyin g‘alabaga erishdi (videosharh)

La liga. «Barselona» Messining gollari evaziga «Mestalya»da qiyin g‘alabaga erishdi (videosharh)

Baho:
+1 | -

Ispaniya chempionatida g‘oliblik uchun kurash olib borayotgan "Barselona" safarda "Valensiya" klubi mehmoni bo‘lib, o‘ta qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Kataloniyaliklar o‘yin boshidayoq juda xavfli vaziyatni yuzaga keltirishdi. Ammo Pedri yaqin masofadan darvoza tomon zarba bera olmadi. Ushbu vaziyat birinchi taymdagi golga tortadigan eng xavfli hujumligicha qoldi.

Ikkinchi bo‘limda esa, kutilmaganda, "Valensiya" hisobni ochdi. Burchakdan to‘p uzatib berilgan pallada Ter Shtegen o‘ta no‘noq harakat qilgani uchun Paulista bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.

"Barsa" darhol o‘yinga qaytdi va nafaqat qaytdi, balki 12 daqiqa ichida "ko‘rshapalaklar" darvozasiga 3 marta yo‘l topdi. Himoyachi to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun dastlab mezbonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. Messining 11 metrli jarima zarbasini Silessen qaytardi, qaytgan to‘pga Buskets yetib keldi va jamoadoshiga uzatma berdi. Pedrining zarbasini himoyachi qaytardi, Messi esa qaytgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan Albaning uzatmasidan keyin De Yong bosh bilan xavfli zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni qaytardi, ammo Grizmann jamoasini oldinga olib chiqdi.

Bahsning 69-daqiqasida Messi jarima zarbasini chiroyli tarzda golga aylantirdi: to‘p ustunga tegib, chiziqni kesib o‘tdi.

"Barsa" go‘yoki o‘yin taqdirini hal qilib qo‘ygan edi. Ammo o‘yinning 83-daqiqasida Soler olis masofadan to‘pni Ter Shtegen qo‘riqlayotgan darvozaning "to‘qqizligi"ga "sanchib" qo‘ydi va bahsga intrigani qaytardi.

"Barselona" esa uchrashuv so‘ngida to‘pni yaxshi nazorat qilib, g‘alabani o‘zida ushlab qoldi.

Ispaniya La ligasi, 34-tur
Valensiya – Barselona 2:3 (0:0, 2:3)
Gollar: 1:0 – 50 Gabriel Paulista, 1:1 – 57 Messi, 1:2 – 63 Grizmann, 1:3 – 69 Messi, 2:3 – 83 Soler.
Valensiya – Sillessen, Toni Lato (Diakabi, 64), Gilyamon (Gameyro, 79), Gayya, Vass, Gedesh, Rachich (Oliva, 79), Gabriel Paulista, Soler, Tyerri Korreyya, Maksi Gomes.
Barselona – ter Stegen, Dest (Serdji Roberto, 75), Arauxo, Langle, Alba, de Yong, Buskets, Pedri (Moriba, 75), Pike, Messi, Grizmann.
Ogohlantirishlar: Rachich (35), Toni Lato (56), ter Stegen (65).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:01, 03.05.2021.
O'qildi: 10806 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.