Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor
28/11 15:00 Istern 1-4 Sidney
28/11 15:00 Chonbuk Motors 4-0 Sebu
28/11 17:00 Kaya–Iloilo 1-1 Sanfrechche Xirosima
28/11 17:00 Jechjiang 4-2 Lion Siti Seylors
28/11 17:00 Selangor 1-2 Muangtong Yunayted
28/11 19:00 Port 2-2 Persib
30/11 00:45 Kalyari - Verona
30/11 01:00 Brayton - Sautgempton
30/11 01:00 Malyorka - Valensiya
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Nottingem Forest - Ipsvich
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta

Yondirayotgan Liga. A Seriyada YECHL yo‘llanmasi uchun kurash avjida

Yondirayotgan Liga. A Seriyada YECHL yo‘llanmasi uchun kurash avjida

Baho:
+ | -

Bu mavsumda Top 5 chempionatlar avvalgilardan ham qiziq o‘tmoqda. La Liga uchun 4 klub chempion bo‘lish imkoniyati mavjud. APLda esa chempionlik masalasi deyarli hal, ammo qolgan o‘rinlar masalasi hali ochiq. Fransiyada esa PSJ gigimonligiga nuqta qo‘yilishi mumkin. A Seriya esa shunchaki yonmoqda. "Inter" muddatidan avval chempion bo‘lib ulgurdi, ammo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun 4 klub da’vogar. "Milan", "Yuventus", "Atalanta"ning ochkolari hozirda 69 tadan va ulardan 2 ochko kam jamg‘argan "Napoli" 5-o‘rinni band etgan. Shunday ekan, A Seriyada hali kurash davom etadi.

"Inter". Yangi chempionlar

"Inter" klubi bu mavsumda o‘zining stabil o‘yinlari bilan A Seriya sovrinini qo‘lga kiritdi. Lukakuning sermahsul o‘yinlari, Kontening topqirligi va tajribasi va jamoaviy o‘yin barcha-barchasi birlashib, "neradzuri"ga ushbu sovrinni olib keldi. Shuningdek, "Yuventus"ning gegemonligiga ham barham berildi. Endi buyog‘iga klub muxlislarini xursand qilish uchun to‘p tepadi. Demak, katta ahamiyat kasb etmasada "Inter"ning qolgan o‘yinlari bilan tanishib chiqsak. Klub so‘nggi 4 turda "Sampdoriya", "Roma", "Yuventus" va "udineze" jamoalariga qarshi bahs olib boradi. "Yuventus"ga qarshi o‘yin ayniqsa, prinsipiallik jihatdan ancha yuqori haroratli o‘yin bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Kuzatamiz, chempionlarning qolgan o‘yinlari qanday bo‘lar ekan.

"Yuventus". Muvaffaqiyatsiz mavsum

Ko‘p mavsumlardan beri "skudetto"ni hech kimga bermay kelayotgan "Yuventus" bu an’anasiga nuqta qo‘ydi. Ha, ular chempionlikni o‘zlari uchun an’ana qilib olayotgan edi. "Keksa senyora" bu mavsum ham o‘yin tomonlama va ham natijalar tomonlama ancha oqsadi. Yangi va yosh murabbiy Pirloning klubdagi debyut mavsumi muvvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Butunlay omadsiz yakunlanmasligi uchun ham klub YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi kerak. Har mavsum shohsupadan tushmaydigan Turin klubini Chempionlar Ligasiga chiqishi so‘roq ostida turishi, g‘alati hodisa. Turnir avvalida mana shu natija qayd etiladi deyishganda, rosti ishonmasdim. Ularning so‘nggi 4 bahsi "Milan", "Sassuola", "Inter" va "Bolonya"ga qarshi bo‘lib o‘tadi. 2 qiyin va 2 biroz osonroq raqib. Turin klubiga oson bo‘lmaydi, ammo vazifa bir qadar osonroq.

"Milan". Ikki xil davra

"Milan" jamoasi ilk davrada ishonchli o‘yinlar ko‘rsatdi va peshqadamlikni hech kimga bermayotgan edi, ammo jamoa baribir qoqildi, juda ko‘p qoqildi. Mag‘lubiyatsiz seriyalar ko‘rsatayotgan va saviyali o‘yin namoyish etayotgan milanliklar mavsum oxirlab qolganda, o‘zlarini biroz yo‘qotib qo‘ydi. Ayni dam ular YECHL yo‘llanmasi uchun bor kuchi bilan kurashmoqda. Ular qolgan 4 o‘yinda "Yuventus", "Torino", "Kalyari" va "Atalanta"ga qarshi bahs olib boradi. Turinliklar bilan o‘yin ko‘p ehtimol ko‘p narsani hal qiladi. "Atalanta"ga qarshi bahs ham qiziq bo‘ladi, agar, ungacha hammasi hal bo‘lib ulgurmasa.

"Atalanta". Robin Gud jamoa

"Atalanta" hujumkorlik va yorqin o‘yin jihatdan kerak bo‘lsa, har qanday A Seriya jamoasidan ustun, ammo ochko to‘plash borasida emas. Ular katta o‘yinlarda kuchli jamoalarni ko‘p mag‘lub etadi va bazida nisbatan kuchsizroq jamoalarga ochko ulashadi. Hozirda bergamoliklar turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda, ammo uch va to‘rtinchi o‘rinlardagi jamoalar bilan ochkolar bir xil. Shunday ekan, ularning xotirjam bo‘lishga haqqi yo‘q. "Parma", "Benevento", "Jenoa" va "Milan"ga qarshi so‘nggi 4 o‘yinini o‘tkazadigan Bergamo klubi maksimali natijaga intiladi. Sababi, xali xech narsa hal bo‘lmadi.

"Napoli" Eng qiyin holatdagi jamoa

"Kalyari" bilan durang natija bo‘lmaganda, neapolliklar ham "Milan", "Yuventus" va "Atalanta" bilan bir xil 69 ochko to‘plar edi va go‘yoki 4 klub uchun hammasi boshidan boshlanar edi, ammo ularda hamon imkoniyatlar yetarlicha. Ularda "Spesiya", "Udineze", "Fiorentina" va "Verona"ga qarshi o‘yinlar qolgan. Klubning ustunlik tarafi raqiblar orasida o‘zi kurashayotgan klublar yo‘q. Shunday ekan, neapolliklar xotirjam ochkolar to‘plasa bo‘ladi, biroq oson bo‘lmasiligi aniq.

Mana shu qiziq bir jarayonga baho berish uchun va xulosa qilish uchun ko‘p o‘ylandim. A Seriya uchun kurash davom etadi. Menimcha, shuning o‘zi yetarli.

   

                                                                                   Xudayqulov KARIM tayyorladi

Kiritildi: 17:12, 03.05.2021.
O'qildi: 3432 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.