«Borussiya» hujumchisi Erling Hollandning bundan avvalroq yozda jamoani tark etishi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq klub sport direktori Xans-Yoaxim Vatske bunga mutlaqo qarama-qarshi fikrda.
«Men Rayolani uzoq vaqtdan beri bilaman, u bilan munosabatlarimiz yaxshi. Bu shunchaki uning xarakterii, ularni qabul qilish kerak. Men uning Xoland haqida chiqayotgan barcha gaplarini ham o‘qiyvermayman. U har kuni matbuot har xil usulda gaplashishi mumkin.
Erling keyingi mavsumda ham jamoamizda o‘ynaydi. U klubiga yuz foiz sadoqatli degan umiddaman", - deydi Vatske.
Ma’lumot uchun, Xoland ushbu mavsum Bundesligada 26 uchrashuv o‘tkazib, 25 ta gol urgan.