Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Zidan: "Chelsi" haqli g‘alabaga erishdi"

Zidan: "Chelsi" haqli g‘alabaga erishdi"

Baho:
+ | -
YECHL yarim final javob uchrashuvida "Chelsi" o‘z maydonida "Real Madrid"ni yengdi (2:0).

Uchrashuvdan so‘ng matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi va unda mehmonlar ustozi Zinedin Zidan ishtirok etdi. 

"Tan olish lozim, bugun raqib g‘alabaga haqli edi. Biz harakat qildik, kurashdik, ammo "Chelsi" g‘alaba qozondi va finalga munosib o‘yin ko‘rsatdi. Bugun maydonga tushgan futbolchilar o‘yinga to‘liq tayyor edi. Men shogirdlarim bilan faxrlanaman: biz imkon qadar harakat qildik va final ostonasida to‘xtadik! "Chelsi" ajoyib o‘yin o‘tkazdi va biz buni alohida e’tirof etishimiz zarur.

Biz o‘yin davomida yaqqol vaziyatlarni deyarli yuzaga keltira olmadik. Raqibda esa bunday imkoniyatlar bo‘ldi. Endi biz dam olib, La Liga haqida o‘ylashimiz zarur. 

Albatta, hech bir jamoa, hech qaysi futbolchi mag‘lubiyatdan mamnun bo‘lmaydi. Ammo biz shundoq ham turnirda uzoq yo‘lni bosib o‘tdik. Yarim finalda to‘xtash og‘ir, lekin ertaga biz mehnatga tayyor holda mashg‘ulotda jam bo‘lamiz", - dedi Zinedin Zidan.

Kiritildi: 03:15, 06.05.2021.
O'qildi: 7794 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик