Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Davron Fayziyev: "Ikki munosib jamoaning to‘qnashuvi va aristokratcha yakun."

Davron Fayziyev: "Ikki munosib jamoaning to‘qnashuvi va aristokratcha yakun."

Baho:
+1 | -1

Biroz avval yakuniga yetgan "Chelsi" va "Real Madrid" jamoalari o‘rtasidagi yarimfinal javob uchrashuvidan keyin(2:0), taniqli sport ustasi Davron Fayziyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Chelsi". Mendi eng og‘ir vaziyatlarda qutqardi. Uchta himoyachi Benzemani to‘xtatdi va Azarga o‘yin bermadi. Markazda Jorjinyo va Kante Modrich-Kroosdan tezroq o‘ynadi. Maunt esa Kazemironi himoyada vazifalar bilan yuklab tashladi. "Real" qanotga chiqarildi. Ikkinchi qavatni esa "Chelsi" yutib chiqdi. Himoya-hujum-himoya marshrutini "Chelsi" yaxshiroq bosib o‘tdi. Xaverts va Verner joy almashib chalg‘itishdi. Tuxelning eng katta ishi "Real"ni bo‘shliqdan mahrum qildi. Chiziqlarni ajratib tashladi va bo‘linganini yeb tashladi. Mayda fol taktikasini samarali ishlatdi. 90 daqiqa pressing qildi. Yuksak jismoniy holat namoyish etdi.

"Real". Ramos jarohat bilan o‘ynagani sezildi. Plyus 1-taymda sariq olib uyog‘iga ehtiyot bo‘ldi. "Real" hech qo‘llamagan uslubda o‘ynadi. Markaziy himoyada 3 futbolchi. Faol qanotlar ishlamadi. Mendi hujumda, Vinisius esa himoyada yordam berolmadi. 3 markaziy himoyachi bilan o‘ynaganda kerak payt yana ikkita qo‘shilib 5 taga aylanadi. Biroq "Real" aynan 3 himoyachi bilan o‘ynadi, ular ham juda sekin xarakat qilishdi.
Kazemiro Mauntga bas kelolmadi. Modrichda tezlik, Kroosda esa keskinlashtiruvchi paslar oqsadi. Azar o‘z imkoniyatining yarminiyam ko‘satmadi. Uni maydonda paytidayoq o‘yindan chiqarib yuborishdi. Benzema uch himoyachiga qarshi kurashdi. Qanotdan yordam kelmadi. Shunda ham ikkita vaziyat qildi. "Real" safida yarim final natijasiga ko‘ra bosh egmagan yagona futbolchi.

Ba’zida yarim finallar dramaga aylanadi. Oxirida janjallar chiqadi. Tomoshabinlar ham ancha vaqtgacha emosiyani bosa olishmaydi. Lekin bu safar "Real"ning ko‘plab adekvat muxlislari ham shunchaki "Chelsi" yaxshiroq o‘ynaganini tan olishdi. Ikki munosib jamoaning to‘qnashuvi va aristokratcha yakun." deydi Fayziyev o‘z telegram kanalida. 

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 04:14, 06.05.2021.
O'qildi: 4502 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.