Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Surxon» — AGMK: prevyu

«Surxon» — AGMK: prevyu

Baho:
+ | -

AGMK roppa-rosa 1 oylik tanaffusdan keyin ichki chempionat o‘yinlariga qatymoqda. Bugungi Termizda «Surxon»ga qarshi bo‘lajak bahs Superliga 7-tur doirasida o‘tkaziladi.

Ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yin tarixi qisqa va bu 2019 yilgi futbol mavsumidan boshlandi. Hozirga qadar AGMK termizliklar bilan 4 marotaba to‘qnash kelgan. 2019 yilgi mavsum Olmaliqda kechgan o‘yinda Dilshod Jo‘rayev va San’at Shixovning gollari AGMKga g‘alaba keltirgan bo‘lsa, Termizda Abror Ismoilovning goli “Surxon”ni g‘olib qilgandi. O‘tgan mavsum birinchi davra doirasidagi bahsda esa Arslonmirat Amanovning jarimadan kiritgan goli AGMKga g‘alaba keltirgandi. Termizda esa Bubanyaning avtogoli olmaliqliklarga g‘alaba keltirgan.

Jamoalarning Superligadagi holatiga nazar tashlasak, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK jadvalda 2 g‘alaba, 1 durang hamda 1 mag‘lubiyat bilan 7 ochko to‘plagan holda  qolgan jamoalardan ikkita kam o‘yin o‘tkazib, 9-o‘rinda bormoqda.

“Surxon” esa 6 o‘yinda 4 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 07:30, 06.05.2021.
O'qildi: 1321 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик