"Manchester Yunayted" Yevropa Ligasi yarim finalida «Roma»ni umumiy hisobda (6:2, 2:3) mag‘lubiyatga uchratib finalga chiqdi.
Ole-Gunnar Sulsher murabbiy sifatida ilk bor yevrokuboklar final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Norvegiyalik 1999 yilda futbolchi sifatida MYU bilan Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan edi. Finalda «Bavariya» 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratilgan va g‘alaba golini aynan Sulsherning o‘zi kiritgandi.
Sulsher 2018 yilning dekabr oyida MYU murabbisi sifatidagi faoliyatini boshlagan.