Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Ana xolos! «Real» Azarni 50 million yevroga sotishga tayyor. Chunki...

Ana xolos! «Real» Azarni 50 million yevroga sotishga tayyor. Chunki...

Baho:
+ | -1

Madridning «Real» klubi yarim himoyachi Eden Azar bilan xayrlashmoqchi. Uning «Chelsi»ga qarshi o‘yindan keyingi xatti-harakatlari klub xo‘jayinlarini g‘azablantirgan.

Madrid klubi belgiyalikni 50 million yevroga sotishga tayyor. Azarni sotishdan tushgan pul orqali, «Real» prezidenti Florentino Peres «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olishga sarmoya kiritmoqchi, deb yozadi Mundo Deportivo.

Marca esa «Real»ning futbolchini sotmoqchi bo‘lganligi haqidagi ma’lumotni tasdiqlab, futbolchi transferga qo‘yilganligini yozmoqda.

Aytishlaricha, klub 30 yoshli yarim himoyachining o‘yin darajasidan juda norozi va uning Chempionlar Ligasi yarim finalida «Chelsi»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, o‘zini tutishi Madrid rahbariyatiga yoqmagan.

Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi taxminan 100 million yevro evaziga (bonuslardan tashqari) «Real»ga ko‘chib o‘tgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Belgiyalik futbolchi ushbu mavsum «Real Madrid» tarkibida barcha musobaqalarda o‘tkazgan 18 uchrashuvida 3 gol urgan.

Kiritildi: 19:01, 07.05.2021.
O'qildi: 9998 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.