Kirish Ro'yxatdan o'tish

Futbol tarixidagi eng yirik transferlar

Futbol tarixidagi eng yirik transferlar

Baho:
+ | -

Deyarli bir yildan buyon biz yana bir transfer rekordini o‘rnatadigan Erling Holandni qaysi klubga o‘tishini muhokama qilyapmiz. Kimdir 80 mln yevro, kimdir esa taxminan 150 mln haqida gapiradi. Ammo bu futbolchiga shuncha pul sarflash kerakmi? Keling, tarix va unda qilingan aqlga sig‘mas transferlarni ko‘rib chiqamiz.

1. Neymar (“Barselona“ - PSJ, 222 mln yevro, 2017 yil)

Ushbu transferga hukm qilish hali ham qiyin. 200 million yevrodan oshadigan qanday odam bor yer yuzida? Liga 1 ning ikki karra eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lish yomon emas, ammo buni kutish kerak. Neymar ajoyib ijrochi bo‘lib qolayotgan bo‘lsada, Fransiyada hamma ham uning narxiga loyiqligiga amin emas - ayniqsa, necha marta jarohat olganini hisobga olsak. Hozircha skeptiklarni jim qilishning yagona usuli bu–Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishdir.

2. Kilian Mbappe (“Monako“ - PSJ, 180 mln. yevro, 2018)

Neymar, Mbappe, mohiyati bir xil. Ha, u Liga 1da eng zo‘r va uning JCH-2018 dagi ko‘rsatgan o‘yinini baholab bo‘lmaydi, ammo hozircha ko‘p narsa parijliklarning Yevropadagi muvaffaqiyatiga bog‘liq. Agar u g‘alaba qozonsa, u buni isbotlaydi. Aksincha holat bo‘lsa,hamma g‘iybat qilishni davom ettiradi.

3. Filippe Koutinyo (“Liverpul“ - “Barselona“, 145 mln. yevro, 2018)

Koutinyoning “Barselona“ tomonidan sotib olinishi har doim hayratlanarli bo‘lgan. Premyer-ligada hech qachon eng yaxshi bo‘lmagan va hattoki har doim ham yarim himoyachini o‘ziga jalb qilmagan futbolchi Kataloniyada o‘ninchi raqamli futbolchi harakatlanadigan nuqtada o‘ynadi. Natija: yangi jamoaga umuman mos kelmagan braziliyalik uchun haqiqiy muvaffaqiyatsizlik. Xo‘sh, uning eng yaxshi o‘yini Chempionlar ligasida aynan “Barselona“ ga qarshi kechdi. Xulosa qilish o‘zingizdan.

4. Joau Felish (“Benfika“ - “Atletiko“, 126 mln.evro, 2019)

Birinchi mavsumda Felish umuman yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadi,ikkinchisida esa o‘zining darajasini ko‘tarib oldi. Ammo, u hujumchilarni istagan darajada qadrlanmaydigan “Atletiko“ singari jamoaga munosibmi yoki yo‘qmi, degan savol doim ochiq qoladi. Simeone uchun bunday g‘ayritabiiy futbolchi uchun juda ko‘p pul to‘langani hatto g‘alati.

5. Antuan Grizmann (“Atletiko“ - “Barselona“, 120 mln.evro, 2019)

“Barselona“ bilan yana bir qiziqarli shartnoma. Shubhasiz, Grizmann yaxshi futbolchi , ammo u Barsaga to‘g‘ri keladimi? Unga jamoada qandaydir konkret vazifa yuklanmaganga o‘xshaydi. Biz hali ham uning klubda uchun kim bo‘lishini bilmaymiz. “Atletiko“da har mavsum u kamida 15 ta gol urgan, ammo Kataloniyada u hali bunday muvaffaqiyatga erishgani yo‘q.

6. Usman Dembele (“Dortmund“ “Barselona“ ga, 105 mln. yevro, 2017)

Dembele to‘rt yil oldin Neymar ketganidan ko‘p o‘tmay o‘zini Nou Kampda ko‘rdi. Va hozirga qadar u bu yerda barqaror yulduz emas, balki “katta iste’dod“ sifatida. Ayniqsa, unga jarohatlar xalal bermoqda, bu esa uning transferi qachondir o‘z samarasini berishiga shubha tug‘dirmoqda.

7. Pol Pogba (“Yuventus“ - “Manchester Yunayted“, 105 mln. yevro, 2016)

Pogba anchadan buyon “Manchester Yunayted“ da tarkibida, ammo undan qanday qilib maksimal darajada foydalanish haqida gap ketsa,Sulsher ham o‘ylanib qolsa kerak. Ba’zan u maydonni yondiradi, ba’zida esa uning bor yo‘qligi bilinmay qoladi. Va shu bilan birga, “Yuventus“ o‘zining sobiq futbolchisiga qiziqishi hali hamon davom etmoqda. Ammo bitta narsa aniq: bunday pul uchun inglizlar undan ko‘proq narsani kutishgan.

8. Eden Azar (“Chelsi“ - “Real“, 100 mln. yevro, 2019)

Bir jarohatdan keyin boshqasi uni taqib qilib yuradi. U maydonga tushganda hamma xursand,lekin doim keyingi uchrashuvda maydonga tushish-tushmasligi so‘roq ostida qolaveradi. Ikki mavsumda to‘rttagina gol bu nima bo‘lishidan qat’iy nazar bu darajadagi futbolchi uchun dahshatning o‘zi.

9. Krishtianu Ronaldu (“Real“ - “Yuventus“, 100 mln. yevro, 2018)

U gollar urdi. 88 uchrashuvda 75 gol urish bu har qanday vaziyatda ham ajoyib ko‘rsatkich. Ammo portugaliyalik nafaqat gollari uchun jamoaga olib kelingandi, balki Chempionlar Ligasidagi g‘alaba uchun sotib olingan.Bu sovrindan esa haligacha darak bo‘lgani yo‘q. Ushbu mavsumda hatto milliy chempionat ham boy berildi. Bunga Ronaldu aybdor emas, ammo turinliklar undan norozi va hatto uni biron bir klubga sotib yuborishni o‘ylayotgan ko‘rinadi.


10. Garet Beyl (“Tottenxem“ - “Real“, 100 mln.evro, 2013)

Bu transferga baho berish biroz qiyin. Bir tomondan, Beyl Chempionlar ligasi finallarida uch gol urgan va to‘rt marotaba ushbu turnirning g‘olibi bo‘lgan. Uning “Real“dagi faoliyatida bir qancha yorqin voqealar bo‘lgan. Ispaniya kubogi finalida urgan goli esa uning faoliyatining cho‘qqisi kabi ko‘rinadi. Ammo tanqidchilar uni Madridda qanday eslash mumkinligini hali o‘zlari ham bilishmaydi. U yaxshi transfer bo‘lganmi,albatta. Ammo o‘sha paytdagi rekord miqdordagi mablag‘ uchun ular baribir bundan-da zo‘rroq Beylni kutishgan bo‘lsa ajab emas.Endi u “Tottenxem“da va undan har doimgidek ko‘p narsa kutilmoqda.

Kiritildi: 23:09, 09.05.2021.
O'qildi: 4537 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.