Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Jeydon Sanchoga APLdan yangi da’vogar chiqdi

Jeydon Sanchoga APLdan yangi da’vogar chiqdi

Baho:
+ | -

«Kristal Pelas» yozgi transferlar oynasi ochilishi arafasida «Manchester Yunayted» vingeri Jeydon Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sports Boom xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Sanchoning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi shu yozda o‘z nihoyasiga yetadi, biroq futbolchi haligacha yangi taklif olmagan. O‘tgan mavsumni ijara asosida «Aston Villa» tarkibida o‘tkazgan (39 ta o‘yin, 1 ta gol va 3 ta golli uzatma) Sancho o‘z faoliyatini ushbu klubda davom ettirishni istaydi. Ammo hozircha uning kelajagi mavhumligicha qolmoqda.

Potensial xaridorlar uchun asosiy muammo futbolchining maoshi bo‘lishi mumkin. U haftasiga taxminan 250 ming funt sterling ishlab topadi, bu esa «Kristal Pelas»ning hozirgi eng ko‘p maosh oluvchi yetakchilarinikidan sezilarli darajada yuqori. Agar Sancho faoliyatini APLda davom ettirmoqchi bo‘lsa, katta ehtimol bilan maoshini sezilarli darajada qisqartirishga rozi bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 11:47, 27.05.2026.
O'qildi: 1526 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик