Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor 0-0 OKMK
17/07 20:00 Mash’al 0-0 Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor 0-0 Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

Zidan: "Bu yerda yuz foiz adolatsizlik bo‘ldi"

Zidan: "Bu yerda yuz foiz adolatsizlik bo‘ldi"

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionati 35-turi doirasida «Sevilya»ga qarshi kechgan o‘yindan (2:2) keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

"Bu yerda yuz foiz adolatsizlik bo‘ldi. Men hech narsani tushunmadim. Agar Militaoda qo‘l bilan o‘ynash holati qayd etilgan bo‘lsa, undan avval «Sevilya»da ham xuddi shunday vaziyat bo‘lgandi.

Hakamning izohlari meni ishontira olmadi. Men hech qachon hakamlar haqida gapirmaganman, biroq bugun jahlim chiqdi.

Nima bo‘lishidan qat’i nazar o‘tgan ish o‘tdi. Biz hech narsani o‘zgartirmoqchi emasmiz. O‘z o‘yinimizdan qoniqyapmiz, biroq yaxshiroq natijaga loyiq edik, sababi ikkinchi bo‘limni tajovuzkor o‘tkazdik.

Men ortiq hakamlik haqida gapirmoqchi emasman. Bu vaziyatga hech qanaqasiga tushuntirish bo‘lmaydi va bu meni bezovta qiladi. Hakam menga qoidalarni tushuntirsin, bori shu", - deydi Zidan.

Kiritildi: 10:34, 10.05.2021.
O'qildi: 11788 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик