Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Usmon Toshev - «Buxoro» klubi bosh direktori etib tayinlandi

Usmon Toshev - «Buxoro» klubi bosh direktori etib tayinlandi

Baho:
+ | -

Bugun, 10 may kuni «Buxoro» klubi qarorgohida navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

«Unda Buxoro viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botirjon Shaxriyorov, Buxoro jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Ismoil Mirzayev, Buxoro viloyat futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Farrux Hamroyev hamda Buxoro futbol klubi rahbariyati va ishchi xodimlari ishtirok etishdi. 

Yig‘ilish davomida «Buxoro» professional futbol klubi bosh direktori lavozimiga 2021 yil 10 maydan tajribali mutaxassis Usmon Qudratovich Toshev tayinlandi. 

Buxoro futbolida o‘chmas iz qoldirgan, shu kunga qadar Tojikiston milliy jamoasi bosh murabbiy va o‘zbekistonlik murabbiylar orasida ilk Pro-lisenziyasi sohibi Usmon Qudratovich endigi faoliyatini «Buxoro» jamoasida davom ettiradi», - deya yoziladi klub xabarida.

Ma’lumot uchun, Usmon Toshev Tojikiston milliy jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi. Mutaxassisning qo‘shni mamlakat milliy jamoasini tark etishi haqida hozircha xabar berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida «Buxoro» klubi bosh murabbiyi sifatida Jamshid Saidov o‘rniga Davron Fayziyev tayinlangan edi. Aprel oyi yakunida Fayziyev iste’foga chiqarilib, uning o‘rniga yordamchi murabbiy Anvar Berdiyev bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshladi. Klub Pro liga 6-turidan keyin 10 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 17:03, 10.05.2021.
O'qildi: 2976 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.