«Manchester Yunayted» yozda «Borussiya» yarimhimoyachisi Jeydon Sancho bilan shartnoma imzolamaslikka qaror qildi. Bu haqda Manchester Evening News jurnalistlari xabar qiladi. "Mankunianlar" ingliz vingeriga ko‘p pul sarflashni xohlamaydilar.
Klub o‘z yosh futbolchilariga umid qilmoqda. Xususan, «Manchester Yunayted» murabbiylar shtabi tezlashib borayotgan Meyson Grinvudni Sanchoga alternativ sifatida biladi.
Oldinroq Sancho «Bavariya»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.