Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Zidan La Liga chempionlik masalasi haqida gapirdi

Zidan La Liga chempionlik masalasi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Ligada chempionlik uchun kurash haqida fikr bildirdi.

- Agar Real Madrid La Ligada g‘alaba qozona olmasa, buni o‘z bo‘yningizga olasizmi?

- Hali 3 jamoa ham La Ligani yutishi va uni yo‘qotishi mumkin. Eng asosiysi har bir uchrashuvda bor kuchimizni berish va biz buni uddalaymiz. Mavsum juda uzun, bunda ijobiy va salbiy lahzalar bor.

Biz mavsumni yomon o‘tkazyapmiz deb ayta olmayman. 2017 yilda La Ligada g‘olib bo‘lganimizda, mavsum juda zo‘r edi, ammo biz so‘nggi turda chempion bo‘ldik.

Eng muhimi, bor kuchingizni berishingizda. Siz faqat o‘zingizning o‘yiningizga javobgarsiz, qolgan narsalarga ta’sir qilmasligingiz kerak.

- Kelajagingiz haqida nima deya olasiz?

- Men faqat uchta bo‘lajak o‘yin haqida o‘ylayman.

- Keyingi mavsum uchun rejalar tuzyapsizmi?

- Hozircha kelajak haqida hech narsa o‘ylamayapman. Qolgan uchta o‘yin finaldek o‘tishi aniq. Shunda taqdirim hal bo‘lishi mumkin. Bor konsentriyatsiyani shunga qaratganman, - deydi Zidan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 19:28, 12.05.2021.
O'qildi: 8573 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик