«Real Madrid» matbuot xizmati klubning «Granada»ga qarshi Ispaniya chempionatining navbatdagi o‘yiniga futbolchilar ro‘yxatini namoyish qildi.
Ko‘p sonli jarohatlar sababli «qaymoqranglilar» tarkibida faqatgina uchta sog‘lom himoyachilar qolgani ma’lum bo‘ldi - Nacho, Militao va Odriosola. Ro‘yxatdagi to‘rtinchi himoyachi - 19 yoshli Migel bo‘lib u - yoshlar jamoasi o‘yinchisi.
«Granada» - «Real Madrid» uchrashuvi 13 may payshanba kuni bo‘lib o‘tadi.