Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

BMB Trade Group va «So‘g‘diyona» PFK o‘rtasida homiylik to‘g‘risidagi bitim imzolandi

BMB Trade Group va «So‘g‘diyona» PFK o‘rtasida homiylik to‘g‘risidagi bitim imzolandi

Baho:
+ | -

Ma’lumki, yurtimizda istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash hamda tayyorlashning samarali tizimini yaratish, milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini shakllantirish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo‘yicha trener va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi «Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori muhim dasturilamal bo‘lib kelyapti.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi, mahalliy hokimliklar bilan bir qatorda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalar, tadbirkorlar ham faol ishtirok etib kelmoqda. Bu futbolimiz rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgan muhim tendensiyadir.

Kecha, 12 may kuni Jizzax shahrida BMB Trade Group kompaniyasi «So‘g‘diyona» PFK o‘rtasida titul homiyligi to‘g‘risidagi bitim imzolangani ham shundan dalolat beradi.

Ushbu mablag‘lar «So‘g‘diyona» futbol klubining moddiy-texnika va ilmiy-metodik bazasini mustahkamlash, o‘quv-mashg‘ulotlari jarayonlari sifatini ta’minlash, bolalar futbolini rivojlantirish, shuningdek, aholining keng qatlamlari orasida futbolni faol targ‘ib qilish hamda ommalashtirishga yo‘naltiriladi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda «So‘g‘diyona» futbol klubi professionallik sari dadil qadam odimlamoqda. Buni klub futbol bo‘yicha O‘zbekiston superligasida peshqadamlar qatorida borayotgani ham tasdiqlaydi.

Klub tomonidan futbolchilar va murabbiylar uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilyapti.

«So‘g‘diyona» PFK qoshida akademiya, futzal, ayollar klubi mavjud bo‘lib, klub o‘z bazasida yosh futbolchilarni tarbiyalash, futzal va ayollar futbolini rivojlantirish bo‘yicha qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Klub katta miqdordagi mablag‘lar evaziga xorijdan legionerlarni sotib olgandan ko‘ra, o‘z akademiyasida mahalliy futbolchilarni tarbiyalab, O‘zbekiston terma jamoalariga ham mahoratli charm to‘p ustalarini yetkazib berishni maqsad qilgan.

Zero, Jizzax futbol maktabi Davron Fayziyev, Jasur Hasanov, Sardor Rashidov, Aziz G‘aniyev, Sharof Muhiddinov, Bahodir Pardayev kabi iste’dod egalarini tarbiyalab bergan.

BMB Trade Group bilan homiylik to‘g‘risidagi bitim esa klubning ana shu salohiyatini keng yuzaga chiqarishga, Jizzax futboli maktabi imkoniyatlarini kengaytirishga, hududda bolalar futbolini jadal rivojlantirishga xizmat qiladi.

Manba: https://t.me/fcsogdianajizzak
Kiritildi: 07:33, 13.05.2021.
O'qildi: 1747 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик