Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

Piter Xyuistra: "Yigitlarga ishga mas’uliyat bilan qarayotgani uchun rahmat aytaman"

Piter Xyuistra: "Yigitlarga ishga mas’uliyat bilan qarayotgani uchun rahmat aytaman"

Baho:
+ | -

"Qo‘qon-1912" bilan uchrashuvdan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi o‘yin haqida fikrlarini bildirdi.

- "Qo‘qon-1912" o‘yinlarini o‘rganib chiqqandik, bu jamoa xavfli raqib. Ular qarshi hujumlarda juda yaxshi o‘ynashadi. Dastlabki 20 daqiqada qo‘qonliklarda ko‘p vaziyatlar bo‘ldi, 25-daqiqadan keyin tashabbusni qo‘lga oldik. Golni ham juda muhim paytda urib oldik. Tanaffusdan keyin ham shu sur’atni ushlab qoldik. So‘nggi paytda uchta o‘yinda oldinda borib yakunda durang qayd etgandik. Bugun bunday bo‘lmaganidan xursandman. O‘yinchilar oxirigacha hujumkorlikni to‘xtatishmadi. Ramazon oyida deyarli butun jamoa ro‘za tutgani sababli jismoniy jihatdan baribir qiyinroq bo‘ldi. Endi yangi davr boshlanadi va jismoniy holatimiz hamda o‘yin tomonlama yanada kuchayamiz.

Mavsumni qanotlarda Rashidov va Turg‘unboyev bilan boshlagandik. O‘tgan mavsum tarkibimizda ko‘plab futbolchilar bor edi. Bu yil esa 20 nafar futbolchi mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda. Erkinov va Xolmatovga xalqaro o‘yinlarda imkoniyat berdik, ular munosib o‘ynashgani uchun hozir ham maydonga tushirayapmiz. Bundan xursandman. Lekin hali mavsum uzoq davom etadi. Rashidov ham, Turg‘unboyev ham jamoamizning muhim a’zolari. Ko‘plab futbolchilarimiz terma jamoada ham o‘ynashi kerak. Ularni yaxshi holatda terma jamoa ixtiyoriga borishlarini ham ta’minlashimiz kerak.

Futbolchilar ba’zida maoshlarini ololmay qolishsa, bu yoqimli holat emas. Garchi moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lsa ham mashg‘ulotlarda bor kuchlari bilan shug‘ullanishmoqda. Bu bilan ular haqiqiy professional ekanliklarini isbotlashmoqda. Biz Superkubokni qo‘lga kiritdik va Superligada peshqadamlik qilayapmiz, demak jamoada barchasi joyida ekanini ko‘rish mumkin. Ertaga Hayit bayrami, balki homiylar bo‘yicha yaxshi yangiliklar bo‘lib qolar.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 07:38, 13.05.2021.
O'qildi: 2023 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.