Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/01 00:45 Torino 2-0 Kalyari
25/01 01:00 Las-Palmas 1-1 Osasuna
25/01 18:00 Malyorka - Betis
25/01 19:00 Komo - Atalanta
25/01 20:00 Brayton - Everton
25/01 20:00 Bornmut - Nottingem Forest
25/01 20:00 Liverpul - Ipsvich
25/01 20:00 Vulverhempton - Arsenal
25/01 20:00 Sautgempton - Nyukasl
25/01 20:15 Atletiko - Vilyarreal
25/01 22:00 Napoli - Yuventus
25/01 22:30 Sevilya - Espanyol
25/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi
26/01 00:45 Empoli - Bolonya
26/01 01:00 Valyadolid - Real Madrid
26/01 16:30 Milan - Parma
26/01 18:00 Rayo Valyekano - Jirona
26/01 19:00 Kristal Pelas - Brentford
26/01 19:00 Tottenhem - Lester
26/01 19:00 Udineze - Roma
26/01 20:15 Real Sosyedad - Xetafe
26/01 21:30 Aston Villa - Vest Xem
26/01 22:00 Lechche - Inter
26/01 22:30 Atletik Bilbao - Leganes
27/01 00:00 Fulhem - Man. Yunayted

"Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Liverpul"ni qabul qiladi (prevyu)

"Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Liverpul"ni qabul qiladi (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun, 13 may kuni tunda ikki Angliya klublari o‘rtasida juda ham kuchli qarama qarshilik bo‘lib o‘tadi.

Ushbu jamoalar azaldan bir-birlariga raqib hisoblanishadi, bugungi o‘yin esa futbolchilar uchun ham, murabbiylar uchun ham mavsumdagi eng muhim o‘yinlardan biri bo‘ladi.

Biri bu mavsumda bekorga ikkinchi o‘rinda bormayotganini isbotlamoqchi bo‘lsa, ikkinchisi butun jamoa bilan hali ham qanday kuchga egaligini ko‘rsatish uchun harakat qiladi.

“Manchester Yunayted” o‘z maydonida doim ustunlikka urinsa, “Liverpul” muhlislarga inqirozni bir tasodifligini isbotlash uchun intiladi.

Sulsher shogirdlari o‘tgan turda “Lester”ni qabul qilishdi. “Liverpul” muxlislari “Yunayted”ning iltifotiga muhtoj edilar, lekin “qizillar” o‘zlari istagan natijaga erisha olishmadi.“Qizil iblislar”ning 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lgani “Liverpul”ni deyarli Yevropa Ligasiga ravona qildi desa ham bo‘ladi.

Bugun Sulsher qo‘l ostidagi jamoa “Liverpul”ni ayab o‘tirmasligi aniq, chunki “MYU”ning hozirgi tarkibi doim g‘alaba uchun harakat qilmoqda.

“Yunayted” o‘tgan mavsumda “Liverpul”dan 33 ochko ortda qolgan edi, ko‘plab omadsizliklarni boshidan kechirgan Klopp jamoasi esa Yevropa Ligasi uchun o‘ynaydigan jamoa bo‘lib qoldi.

APLning 49 uchrashuvida 25 gol urdi va 18 golga uzatma – Bruno Fernandesh “Manchester Yunayted”ga kelganidan keyin jamoani muvaffaqiyat sari yetaklay boshladi. Aynan u Sulsherning “qolipi”ga tusha oldi va boshqa futbolchilarga ham motivasiya bera oldi.

“Yunayted”ning yana bir omadli transferlaridan biri, Harri Maguayr hozirda Rio Ferdinand kabi o‘zini ko‘rsatmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Hozirgi “MYU”da Fergyuson davridagi ko‘plab jihatlar bor masalan, jasurlik, ba’zida omadli, hatto o‘z darajasidan pastroq bo‘lsa ham o‘z ustunligiga ishonadigan fazilatlar.

Endi esa “Liverpul” ga kelsak, Klopp bu mavsumda jamoasi bilan juda ham qiyin davrlarni boshidan o‘tkazyapti. Xususan himoyachi Virjil van Deykning jarohati “Liverpul”ga juda ham qattiq ta’sir qildi. Vandeykdan tashqari Xenderson, Gomes va Matiplarning yo‘qligi Kloppni o‘ylantirib qo‘ydi. Ammo jarohatlanganlardan tashqari juda ham kuchli futbolchilari jamoa safida deyarli doim bo‘lgan, Saloh, Mane, Firminyo kabi o‘yinchilar afsuski, o‘z darajasida o‘ynay olmayaptilar.

Ushbu jamoalar umumiy 207 bor to‘qnash kelishgan. Shundan 82 uchrashuvda «Manchester Yunayted» g‘alaba qozonga, 67 bahsda «Liverpul» klubining qo‘li baland kelgan va 58 o‘yin durrang natija qayt etilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” va “Liverpul” uchrashuvi bugun 00:15da star oladi. Bu to‘qnashuvni UzReport kanali orqali kuzatishingiz mumkin.

Kiritildi: 21:26, 13.05.2021.
O'qildi: 2173 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.