«Lids» bosh murabbiy Marselo Byelsa bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
Klub xo‘jayinlari jamoaning joriy mavsumni qanday yakunlaganidan mamnun. Hozirda «Lids» APL 35 turidan so‘ng 10-o‘rinni egallab turibdi. Klub rahbariyati jamoaning Chempionship hududidan chiqa turib bunday yuqori o‘rinni egallashini kutmagan edi.
Oldinroq Londonning «Tottenxem» klubi Byelsa xizmatlariga qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik.