Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-0 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 0-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

O‘FA prezidenti Superliga murabbiylarini kelishilgan o‘yinlarga aralashmaslik borasida jiddiy ogohlantirdi

O‘FA prezidenti Superliga murabbiylarini kelishilgan o‘yinlarga aralashmaslik borasida jiddiy ogohlantirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi prezidenti Abdusalom Azizov boshchiligida ijroqo‘m yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi.

Shuningdek, terma jamoalarning mas’uliyatli o‘yinlar oldidan tayyorgarlik rejasi ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston mezbonlik qiladigan OFK tasnifidagi yirik turnirlarga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish masalasi ilgari surildi. Terma jamoalar uchun zamonaviy infratuzilma qurilishi jarayoni bo‘yicha ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng Abdusalom Abdumavlonovich barcha klublar rahbarlari va bosh murabbiylari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda O‘FA rahbariyati tomonidan har bir jamoada mavjud muammolar tinglandi. Ularni moddiy va tashkiliy masalarda qo‘llab-quvvatlash mavzusi ko‘tarildi. Shuningdek, so‘nggi paytlarda chempionatlarda ko‘p uchrayotgan tartibsizliklar tanqid qilindi. Murabbiylar kelishilgan o‘yinlar kabi illatlarga aralashmaslik borasida jiddiy ogohlantirildi.

Klublar vakillari tomonidan ko‘tarilgan muammoli masalalarda O‘FA mas’ullariga topshiriqlar berildi. Trenerlar malakasini oshirish, klubda rahbar va murabbiy vakolatlarini tartibga keltirish, yosh futbolchilar yetishtirishga yanada jiddiy e’tibor qaratish, saviyasiz legionerlar muammosini bartaraf etish, VAR tizimini takomillashtirish hamda stadionlarning yoritish uskunalarini jahon standartlariga moslash kabi masalalarda vazifalar belgilandi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 23:09, 14.05.2021.
O'qildi: 3060 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик