Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya - Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR - Eron
14/11 19:00 Bahrayn - Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt - Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon - Falastin
14/11 21:15 Iroq - Iordaniya
14/11 21:15 Qatar - O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA - Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela - Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Sherzod Nasrullayev: "Guruhdagi hech bir bahs oson o‘tmaydi"

Sherzod Nasrullayev: "Guruhdagi hech bir bahs oson o‘tmaydi"

Baho:
+ | -

"Nasaf" ertanga OFK kubogi 2-turida Tojikistonning “Xo‘jand” jamaosiga qarshi maydonga tushadi.   Bugun ushbu uchrashuv oldidan har ikkala jamoa bosh murabbiylari hamda futbolchilar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanda qatnashgan "Nasaf" futbolchisi Sherzod Nasrullayev ertangi o‘yin haqida quyidagi fikrlarni aytib o‘tdi.

- “Avvalambor barchaga assalomu alaykum deyman. Ertangi o‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, barchamiz o‘yinga tayyormiz. G‘alaba qozonib barcha muxlislarimizni hursand qilamiz degan umiddaman” – deydi Sherzod Nasrullayev.

- 1-tur jamoangiz uchun juda ajoyib o‘tdi. Asosan ikkinchi bo‘limni 22 daqiqasida raqib jamoa darvozasiga to‘rtta gol kiritildi. “Nasaf”ning guruh g‘olibi bo‘lishi uchun nima halaqit berishi mumkin?

- Tabiiyki raqiblar, asosan mezbonlar. 1-turning birinchi bo‘limida ko‘plab vaziyatlar yaratdik lekin foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda birinchi golni urganimizdan so‘nga barcha tinchlandi va jamoa oz’ futbolini namoyish etishni boshladi. 1-turda ko‘rsatgan o‘yinimiz bizning eng yaxshi o‘yinimiz emasdi. Biz “Oloy” bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinni tahlil qilib chiqdik va futbolchilarga uchrashuvdagi salbiy va ijobiy jihatlarni takidlab o‘tdik. Biz ertaga o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz ammo mezbonlar bunga yo‘l bermaslikka harakat qilishadi. Biroq ijobiy natijaga erishish uchun eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etishimiz kerak bo‘ladi.

- "Oloy" asosan himoyada o‘ynadi va hujumdagi o‘yinchilari saviyasi pastroqligi ko‘rindi. "Xo‘jand"da esa 10 va 7-raqamdagi futbolchilar hujumda juda yaxshi o‘ynashdi. Bunga himoyachilar tayyormi?

- "Oloy" asosan himoyaga urg‘u berdi, ko‘plab o‘yinchilar himoyada o‘ynashdi. Menimcha "Xo‘jand" ko‘proq hujum qiladi va oldinga o‘tadi. Bu biz uchun balki foydaga ishlar. Raqib himoyaviy o‘ynaydimi yoki hujumkormi farqi o‘yin, bunday bahslarga tayyor bo‘lishimiz shart. Hozir faqat "Xo‘jand" haqida gapirayapmiz, ammo "Oltin Asr" ham juda yaxshi jamoa. 

- “Xo‘jand” jamoasi haqida fikringiz qanday?

"Ertangi bahsga jamoamiz tayyor, muxlislarimizni xursand qilib g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. "Xo‘jand" jamoasi o‘yinlarini o‘rganib chiqdik, ular g‘alaba uchun bor kuchini berishi aniq. Lekin biz ham g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz", - deydi Nasrullayev.

Kiritildi: 15:38, 16.05.2021.
O'qildi: 2721 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.