Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Toshkent shahrida yig‘inda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Toshkent shahrida yig‘inda ishtirok etmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Server Jeparov boshchilik qilayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi shu yil Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Toshkent shahrida yig‘inda ishtirok etmoqda.

«Chig‘atoy» bazasida o‘tkazilgan bugungi mashg‘ulotlarga O‘FA birinchi vetse-prezidenti Ravshan Ermatov ishtirok etdi. Ma’lumki, ushbu jamoa kelajakda 2028 yilgi Olimpiada yo‘llanmasi uchun kurashadigan olimpiya terma jamoasi sifatida shakllanib boradi.

Shu sababli hozirdanoq futbolchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va tayyorlab borish muhim. Ravshan Ermatov yosh futbolchilar bilan uchrashuvda aynan shu mavzuga to‘xtalib, kuchli terma jamoa bo‘lish uchun futbolchilar nafaqat jismonan, balki ruhan kuchli shaxs sifatida ulg‘ayishi, ma’naviyati hamda vatanparvarligi yuqori inson bo‘lib yetishishi va xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini shu orqali munosib himoya qilishi zarurligini e’tirof etdi.

Shuningdek, Ermatov futbolchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdi. Murabbiylar shtabi va tashkilotchilar bilan jamoa imkoniyatlari, maydonlar holati, taomlar sifati, tibbiy ko‘rik kabi muhim masalalar muhokama qilindi va kerakli ko‘rsatmalar berildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 09:58, 19.05.2021.
O'qildi: 1228 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик