Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Ro‘ziqul Berdiyev: «OFK kubogida ham uzoqqa borishni xohlaymiz. Buning uchun...»

Ro‘ziqul Berdiyev: «OFK kubogida ham uzoqqa borishni xohlaymiz. Buning uchun...»

Baho:
+ | -

OFK kubogi 3-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Oltin Asr" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Ro‘ziqul Berdiyev jurnalistlar savollariga javob berdi.

«Ertaga biz uchun ham, raqib uchun ham muhim va hal qiluvchi bahs. "Oltin Asr" jiddiy va tajribali jamoa, qiyin o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayapmiz. Hal qiluvchi bahsga barcha futbolchilarimiz tayyor.

Ertaga muxlislarimizni xursand qiladigan natija qayd etishga harakat qilamiz. Yigitlar bilan gaplashib oldik. Hech kim durang haqida o‘ylayotgani yo‘q, faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz.

Futbolchilarimiz buni tushunib turibdi. "Oltin Asr" jamoasini yaxshi o‘rganib chiqdik va tarkibida Turkmaniston terma jamoasining ko‘plab o‘yinchilari borligini ko‘rdik, tajribali jamoa.

Shu bois bo‘shashmaymiz va g‘alabani ko‘zlab o‘ynaymiz. Haqiqatdan ham bo‘lajak raqibimiz yakkakurashlarda ancha yaxshi o‘ynaydi. Lekin futbolda bu muhim ahamiyat kasb etmaydi, ertaga raqibdan tezroq va chaqqonroq bo‘lishimiz kerak.

"Oltin Asr"ning kuchli va kuchsiz tomonlariga e’tibor qaratdik. Kuchli tomoni raqibning tajribali futbolchilari ko‘pligi. Tarkibda Turkmaniston milliy terma jamoasi a’zolari bor.
O‘ylaymanki ertaga yigitlarimiz vazifani uddalashadi.

"Xo‘jand" bilan o‘yinga jiddiy tayyorlandik va birinchi taymda bor kuchimiz bilan o‘ynadik. Tanaffus vaqtida yigitlardan keyingi o‘yinga ham kuchni asrashni, lekin hali oldinda 45 daqiqa borligini va bo‘shashmaslikni so‘radim.

Istalgan jamoa 3:0 hisobidan keyin biroz ehtiyotkor o‘ynaydi. To‘g‘ri ikkinchi taymda hujumda bor kuchimiz bilan o‘ynamadik va keyingi bahs haqida o‘ylay boshladik. O‘zgarishlar qildik va yoshlarni maydonga tushirdik.

"Oloy" bilan bahsning ikkinchi taymi. Sababi birinchi taymning o‘zida ko‘p vaziyatlar yaratdik va ikkinchi taymda 4ta gol urdik. "Xo‘jand" esa o‘z maydonida o‘ynadi va "Oloy"dan biroz kuchli ekanligini ko‘rinib turdi. “Xo‘jand” o‘z chempionatining liderlaridan biri hisoblanadi.

Xudo xohlasa guruhdan chiqsak tarkibimizni biroz kuchaytirishimiz kerak. Milliy chempionatimiz va kubokda ham yuqori maqsadlarni qo‘yganmiz. Yuqori maqsadlar juchun faqat bitta tarkib bilan harakat qilish qiyin bo‘ladi.

OFK kubogida ham uzoqqa borishni xohlaymiz. Buning uchun yozda tarkibimizni kuchaytirishimiz kerak. Bu borada rahbariyat bilan gaplashib olganmiz», - deydi "ajdarlar" bosh murabbiyi.

Manba: «Насаф» матбуот хизмати
Kiritildi: 16:10, 19.05.2021.
O'qildi: 4478 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.