Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Piter Xyuistra: «Balki, Dragan hali terma jamoada ham asosiy o‘yinchilardan biriga aylanar»

Piter Xyuistra: «Balki, Dragan hali terma jamoada ham asosiy o‘yinchilardan biriga aylanar»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 9-turidan o‘rin olgan «Qizilqum» - «Paxtakor» uchrashuvidan so‘ng toshkentliklar bosh murabbiyi Piter Xyuistra o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bugun o‘yin biz uchun ancha qiyin kechdi. Birinchi bo‘limda mezbonlar himoyada bizga ortiqcha hudud qoldirishmadi. Ikkinchi bo‘limda esa harakatlarimiz biroz tezlashdi va bir necha vaziyatlar yaratdik. Bo‘sh hududlarga chiqib borib, keskin holatlar sodir etdik. Gol urilganda omadliroq bo‘ldik. Chempionatda mavsum mobaynida shunday qiyin o‘yinlar uchraydi. G‘alabadan va uch ochkoni qo‘lga kiritganimizdan juda xursandman. Endi bir necha futbolchi milliy terma jamoa safiga yo‘l oladi. Biz esa qolgan o‘yinchilar bilan mashg‘ulotni davom ettiramiz. Terma jamoa yutuqlariga futbolchilarimiz munosib hissa qo‘shishiga umid qilaman.

Oxirgi 40 kunda 10ta uchrashuvda maydonga tushdik. Juda tig‘iz taqvimga ega bo‘ldik. Shu sababli ba’zida pasayishlar bo‘lishi tabiiy. Endi yuzaga kelgan tanaffusda jismonan va o‘yin taraflama yanada yaxshiroq holatga chiqish ustida ishlaymiz. Cheran bugun eng yaxshi o‘yinini o‘tkazmagandir, lekin u jamoamizning eng muhim futbolchilaridan biri. Bunday o‘yinchi safimizda ekanidan baxtiyorman. U kerakli joyda to‘g‘ri o‘ynashni biladi. Balki, Dragan hali terma jamoada ham asosiy o‘yinchilardan biriga aylanar", — dedi Xyuistra.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 22:06, 19.05.2021.
O'qildi: 4330 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик