Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-0 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Ravshan Ermatov MOQ hududiy vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazdi

Ravshan Ermatov MOQ hududiy vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov Zum platformasi orqali Qo‘mitaning viloyatlardagi vakillari bilan navbatdagi yig‘ilishni o‘tkazdi.

Unda hududlarda ommaviy sport targ‘ibotini kuchaytirish, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilarimizning ijtimoiy holatidan xabar olish kabi mavzular muhokama qilindi.

Kun tartibidan «Sportni sev, sport bilan yasha!» Respublika ommaviy sport musobaqasining may oyi davomida olib borilayotgan tadbirlari, yoz mavsumida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, uyushmagan yoshlarni sport bellashuvlariga jalb qilish choralarini ko‘rish, joriy yil bo‘lib o‘tadigan Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritgan va lisenziya uchun kurashayotgan atletlarimizning oilasi qanchalik qo‘llab-quvvatlanayotganini o‘rganish masalalari joy olgan edi.

Ravshan Ermatov uchrashuv davomida har bir viloyat vakillari bilan birma-bir mazkur masalalar bo‘yicha batafsil suhbatlashdi.

Yig‘ilish yakunida «Sportni sev, sport bilan yasha!» musobaqasining nufuzini yanada oshirish, unga yanada ko‘p aholi qatlamini jalb qilish, yoshlar uchun ko‘proq ommaviy sport musobaqalarini tashkil qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Manba: @OlympicUz
Kiritildi: 09:01, 20.05.2021.
O'qildi: 1193 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик