Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Boks. Osiyo chempionlariga 10 000 AQSH dollari beriladi

Boks. Osiyo chempionlariga 10 000 AQSH dollari beriladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

AIBA Osiyo chempionati tarixida ilk marotaba sovrindorlar uchun mukofot puli ajratadi. Bu haqida tashkilot matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Turnir jamg‘armasi 400 000 AQSH dollarini tashkil etadi va pullar oltin, kumush va bronza medallari sohiblari o‘rtasida bo‘linadi.

Musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilar 10 000 AQSH dollari bilan mukofotlanadilar. Ikkinchi o‘rin egalariga 5 000 dollar berilsa, bronza medali egalari 2 500 dollarga ega bo‘ladi.

Mukofot pullarini berish erkaklar o‘rtasida ham, ayollar o‘rtasidagi bahslarga ham amal qiladi.

"Biz avvaldan rejalashtirilgan strategiyaga amal qilmoqdamiz. Bokschilar qiyin mehnatlari uchun mukofotlanishlari lozim. Pullar sportchilarga nafaqat motivasiya beradi, balki ularning oilasiga moliyaviy barqarorlikni taqdim etadi. Bokschilarimiz muhim shaxslardir. Osiyo chempionati ishtirokchilariga ringda o‘zlarini yaxshi tomonlama ko‘satishlarini va sog‘-salomat bo‘lishlarini tilayman", - dedi AIBA prezidenti Umar Kremlyov.

O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 10:53, 20.05.2021.
O'qildi: 2563 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.