Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Pokiston terma jamoasi futboldan chetlatildi

Pokiston terma jamoasi futboldan chetlatildi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Bugun Syurix shahrida FIFAning 71-kongressi bo‘lib o‘tdi. Videoanjuman shaklida o‘tkazilgan kongressda O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov hamda bosh kotib Avaz Maksumov ishtirok etdi.

FIFA prezidenti Janni Infantino kongressni kirish nutqi bilan ochib berdi. Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan qiyin vaziyatda ham mahalliy va xalqaro futbol uchrashuvlarini tashkil etishga harakat qilganligi uchun FIFA rahbari barcha a’zo assosiasialarga minnatdorchilik bildirdi.

Kongress davomida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi raisi Tomas Bax ham nutq so‘zladi. U pandemiya davrida sport turlari orasida birinchilardan bo‘lib yana avvalgi mavqeyini tiklab olgan, xalqaro musobaqalarni o‘tkazishda namuna bo‘lganligi uchun FIFAga tashakkur bildirib o‘tdi.

Kun tartibiga ko‘ra FIFA tomonidan 2020 yilgi mavsumda amalga oshirilgan ishlar va ularning moliyaviy yillik hisobotlari tinglandi va delegatlar tomonidan FIFAning 2022 yilgi byudjeti tasdiqlandi.

Shuningdek, FIFA nizomiga o‘zgartirish kiritish, ushbu nizomni qo‘llashni tartibga soluvchi qonun-qoidalar va Kongressning doimiy buyruqlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar bo‘yicha ovoz berish jarayoni o‘tkazildi.

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) Kongressi tashkilotning Pokiston futbol federasiyasi (PFF) faoliyatini qonunni buzganligi sababli to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorini ma’qulladi. Bu haqda Doon gazetasi FIFA matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

Ularga ko‘ra, FIFAning 71-Kongressidagi 207 ishtirokchidan 203 nafari ovoz bergan, bittasi qarshi va uchtasi betaraf bo‘lgan.‌‌

Kiritildi: 14:06, 22.05.2021.
O'qildi: 3564 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик