Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

"Milan" yoki "Yuventus". A Seriyada hammasi hal bo‘lish arafasida

"Milan" yoki "Yuventus". A Seriyada hammasi hal bo‘lish arafasida

Baho:
+ | -

Italiya A Seriyasining 2020-2021 yilgi mavsumi yakunlanish arafasida. Mazkur chempiotnat har jihatdan oldingilaridan qiziqarliroq bo‘ldi. Eng katta unikal hodisalardan biri bu "Yuventus"ning chempion bo‘la olmagani. Endi ular chempionlik uchun emas balki, 4-o‘rinni qo‘lga kiritish uchun kurashishga majbur. Bugun ular bu o‘rinni yani Chempionlar Ligasiga yo‘llanma beruvchi o‘rinni egallay oladimi yoki yo‘qmi, buni yaqin vaqtlar ichida bilib olamiz. Xullas, vaziyat bunday:

1-ehtimol

"Yuventus ertaga "Bolonya"ga qarshi bahs olib boradi va bu o‘yindagi g‘alaba Turin klubini YECHL olib chiqmasligi mumkin. Ko‘p narsa "Atalanta" va "Milan" jamoalari o‘rtasidagi so‘nggi tur o‘yiniga bog‘liq. Agar, ertaga "Yuve" g‘alaba qozonsa va u tarafda "Atalanta" "rossonerilar"dan hech bo‘lmaganda ochko ola olsa biz Turin klubini YECHLda ko‘ramiz.

2-ehtimol

"Milan" jamoasi ertaga "Atalanta" bilan o‘yinda g‘alabani qo‘lga kiritsa, ular YECHLga masalasini hal qiladi. Ularning Turin klubidan ustun jihati ham shunda ya’ni hammasi ularning o‘z qo‘lida, ammo raqib biroz jiddiy. Garchi, bergamoliklar biroz hotirjam pozisiyada bo‘lsada, g‘alaba uchun harakat qilishi tayin.

3-ehtimol

Bu orada "Napoli" ham esdan chiqarmaslik zarur. Neapol klubi ayni dam "rossonerilar" bilan bir hil ochko to‘plagan va "Yuventus"dan ularning ochkolari bittaga ko‘p. Ular so‘nggi turda "Verona" klubiga qarshi to‘p tepadi. Ularning imkoniyatlari "Milan" va "Yuventus"nikidan baland baholanayotgan bo‘lishi mumkin, ammo baribir hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. Har holda "Verona" ham oddiy raqib emas. Agar, neapolliklar mazkur bahsda mag‘lub bo‘lishsa, katta ehtimol "keksa senyora" va "rossonerilar" ko‘hna qitaning eng yirik turniriga yo‘l oladi.

4-ehtimol

Bu endi biroz noreal, ammo ilojsiz emas. Ertaga "Yuventus" "Bolonya"ni kamida 9-0 hisobida mag‘lub etib, "Milan" "Atalanta"ni minimal hisobda mag‘lub eta olsa, unda bergamoliklar yo‘llanmadan quruq qolib ketishi mumkin, lekin o‘zi bazo‘r g‘alabalari qo‘lga kiritayotgan Turin klubining 9-0 hisobini qayd etishi qiyin masala.

Shunday qilib, so‘nggi turda intriga o‘zining eng avj pallasiga chiqadi. Ertaga A Seriyada jang bo‘lishi kutilmoqda. Hammaga g‘alaba zarur. Hamma bor kuchi bilan kurashadi. Xatolar esa kechirilmaydi.

Kiritildi: 14:55, 22.05.2021.
O'qildi: 9966 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик