Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Bundesliga. «Bavariya» 5 ta, «Borussiya D» esa 3 ta gol urib, mavsumni g‘alaba bilan yakunladi, Holanddan dubl

Bundesliga. «Bavariya» 5 ta, «Borussiya D» esa 3 ta gol urib, mavsumni g‘alaba bilan yakunladi, Holanddan dubl

Baho:
+ | -

Germaniya Bundesligasining so‘nggi, 38-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 22 may, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«Bavariya» o‘z maydonida «Augsburg»ni qabul qilib, 5:2 hisobida g‘alaba qozondi. Myunxenliklarning gollariga Serj Gnabri Yozua Kimmix, Kingsli Koman va Robert Levandovski mualliflik qildi. Yana bir vaziyatda Jeffri Gaueleu o‘z darvozasini ishg‘ol etdi. Mehmonlar safida esa Andre Han va Florian Niderlexner o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

«Borussiya D» Erling Holandning dubli va Marko Roysning goli evaziga «Bayer»dan ustun keldi.

«Leypsig» safarda «Union Berlin»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Mezbonlardan Marvin Fridrix va Maks Kruze gollarga mualliflik qildi. «Leypsig»ning yagona golini esa Jastin Klyuyvert o‘z hisobiga yozdirdi.

«Bavariya» Germaniya chempionatida muddatidan oldin chempionlik masalasini hal qilgan bo‘lsa, «Borussiya D», «Leypsig» va «Volfsburg» keyingi mavsumda Chempionlar Ligasida harakat qiladi. «Ayntraxt» va «Bayer» esa Yevropa Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Bundesliga, 34-tur bahslari
22 may, shanba
«Bavariya» – «Augsburg» 5:2
Gollar: 1:0 – 9, avtogol Gaueleu, 2:0 – 23 Gnabri, 3:0 – 33 Kimmix, 4:0 – 43 Koman, 4:1 – 67 Han, 4:2 – 71 Niderlexner, 5:2 – 90 Levandovski.
«Bavariya»: Noyer, Pavar, Boateng (Xavi Martines, 61), Lyuka Ernandes, Devis, Alaba (Tolisso, 73), Kimmix, Myuller (Shupo-Moting, 72), Levandovski, Gnabri (Sane, 60), Koman (Musiala, 61).
«Augsburg»: Gikevich, Gumni, Gaueleu, Oksford, Pedersen (Framberger, 46), Kalijuri (Suxi, 46), Han (Petkov, 87), Grueso, Benesh, Rixter (Yensen, 67), Niderlexner (Finnbogason, 76).
Ogohlantirishlar: Suxi (69), Lyuka Ernandes (83).

«Borussiya D» – «Bayer» 3:1
Gollar: 1:0 – 5 Holand, 2:0 – 51 Roys, 3:0 – 84 Holand, 3:1 – 89, penalti Bender.
«Borussiya D»: Byurki, Pishchek (Passlak, 75), Jan, Akanji (Hummels, 63), Shuls, Dileyni, Brandt, Daud (Bellinghem, 46), Reyner (Reyna, 79), Roys (Sancho, 63), Holand.
«Bayer»: Gradeski, Ta, Dragovich, Bender (Bender, 89), Vendell, Arangis (Baumgartlinger, 89), Demirbay, Grey, Virs (Shik, 66), Belarabi (Diabi, 73), Paulinyo (Gedikli, 66).

«Union Berlin» – «Leypsig» 2:1
Gollar: 0:1 – 55 Klyuyvert, 1:1 – 67 Fridrix, 2:1 – 90 Kruze.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:06, 22.05.2021.
O'qildi: 2441 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик