Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

«Buxoro»ga qarshi o‘yin 6 ochkolik bahs edi». Hakim Fuzaylov «Dinamo»ning muhim g‘alabasi haqida

«Buxoro»ga qarshi o‘yin 6 ochkolik bahs edi». Hakim Fuzaylov «Dinamo»ning muhim g‘alabasi haqida

Baho:
+ | -

Pro liga 8-turi doirasidagi «Dinamo» - «Buxoro» (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Hakim Qayumovich, avvalambor muhim g‘alaba bilan tabriklaymiz. O‘yin borasida fikrlaringiz...
- Avval ham aytib kelganman, Pro ligadagi deyarli barcha jamoalarning kuchi teng va har bir bahs juda og‘ir o‘tadi. Bugungi raqibimiz «Buxoro» oldida ham Superliga vazifasi turibdi, bu jamoa bejizga yuqori o‘rinlarda emas.

Meni xursand qilgan jihati jamoamiz tarkib jihatdan va umuman ayrim muammolarga qaramay, bu o‘yinga kuchli ishtiyoq bilan tushdi va maydonning har bir qarichi uchun kurashdi. Ha, o‘yin davomida xatolarimiz ko‘p bo‘ldi, hali yana uchrab turadi ham, chunki jamoa tarkibi yangi. Bugungi o‘yinimiz va futbolchilarim harakatidan qoniqdim. Yigitlar o‘yinida o‘sish kuzatilayotgani quvonarli. Muhimi o‘sishdan to‘xtamaslik.

- «Dinamo» Samarqanddagi va safardagi o‘yinlarida boshqa-boshqa jamoadek tasavvur uyg‘otmoqda. Ya’ni o‘z maydonida yaxshi o‘yin namoyish etmoqda, safarda esa jamoani unchalik tanib bo‘lmayotgandek. Sizningchi, bu nima bilan bog‘liq?
- Sabablar ko‘p. Aytaylik, Urganch va Toshkentdagi o‘tgan o‘yinlardagi minimal mag‘lubiyatlarimizda ham jamoa «Xorazm» va «Oqtepa»dan kuchliroq ko‘rindi, o‘yinda ustunlik qilgandi, ammo raqiblar yarimta vaziyatni golga aylantirishgan edi, biz esa imkoniyatlardan foydalana olmagandik.

- Bugun raqibdan nimalarni kutgan edingiz va hozirgi taassurotlaringiz qanday?
- O‘yingacha ham «Buxoro» bilan o‘yin keskin, asabiy va shiddatli o‘tishini taxmin qilgandim va shunday ham bo‘ldi. Biz ham, «Buxoro» ham Superliga uchun kurashmoqda. Bu jamoaning tarkibida kuchli o‘yinchilar yig‘ilgan. Shu bois bu 6 ochkolik o‘yin edi. Bu bahsdagi g‘alaba orqali yetakchilar guruhiga yetib oldik.

- «Dinamo» joriy mavsumda ilk marta Pro ligada peshqadamlaridan birini mag‘lub etdi. Bu jamoa yigitlariga qay daraja ta’sir qilishi mumkin?
- Jamoadagi barcha futbolchilarning jangovar ruhi oshishiga sabab bo‘ladi. Yutib turib ham o‘yin davomida bir-birimizga e’tirozlarimizni aytishimiz bu yaxshi, chunki jamoamiz g‘alabalarga tashna, barchamiz bir oilaga aylanganmiz. Navbatdagi turda 3 iyun kuni «Olimpik» bilan o‘tadigan bahsga qadar yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim.

- Yaxshi o‘yin namoyish etayotgan Jasur Hasanov va Oleg Marchukning almashtirilishi nima bilan bog‘liq?
- Marchukda charchoq alomatlari sezilgandi, qolaversa oyog‘idan kichik jarohati bor edi. Uning o‘zi almashtirishimizni so‘radi. Jasur Hasanov esa jarohatidan keyin sekin-asta o‘yin sur’atiga moslashmoqda. U tajribali o‘yinchi, hali bizga ko‘p yordam beradi.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 23:26, 22.05.2021.
O'qildi: 2718 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик