Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

«Begona»ga aylangan Kuman! Niderlandning «Barselona»dagi muvaffaqiyatsiz faoliyatiga nazar

«Begona»ga aylangan Kuman! Niderlandning «Barselona»dagi muvaffaqiyatsiz faoliyatiga nazar

Baho:
+ | -

Ronald Kuman futbolchi sifatida faoliyatining olti yilini «ko‘k anorrang»lilar safida o‘tkazgan. Bu uning faoliyati yorqin davriga to‘g‘ri kelgan. 4 bor mamlakat chempionligi bitta Ispaniya kubogi, mamlakat Superkubogidagi 3 bor zafar quchish, shuningdek, 1992 yilda Chempionlar Ligasi va UYEFA Superkubogidagi sovrinlar.

Ammo, endi 58 yoshli Ronald futbol o‘ynamaydi, balki Kataloniya grandini boshqaradi. 2020 yil 19 avgustdan bosh murabbiy hisoblanadi. «Barselona» muxlislari lagerida uning kelishiga katta umidlar bog‘langandi. Zero, u afsonaviy futbolchi, uni 2017 yildan 2020 yil yanvarigacha jamoa bilan ishlagan o‘zidan avvalgi Kike Setyen va Ernesto Valverdo Kataloniyaga unchalik mos emasdi. Ammo gollandiyalik hammaning hafsalasi pir qildi.

Sovrinlar qayerda ?

G‘alabasiz, kuboksiz va sovrinlarsiz «Barselona» klub emasdek go‘yo. Hech bir turnirni g‘alabasiz yakunlash ularga mos emas. Valverde «Kamp Nou» dagi birinchi mavsumida 2018/2019 yilgi chempionatning oltin medallarini qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, ushbu mavsumlar jamoa Chempionlar Ligasida finalgacha bo‘lgan o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchrashdi.

Setyen davrida vaziyat o‘zgarmadi. Bundan tashqari, uning qo‘l ostida «Barselona» 2019/2020 yilgi chempionat turnirining chorak finalida «Bavariya» bilan bitta o‘yindagi to‘qnashuvda tarixdagi eng katta fiyaskoga duch keldi –2:8. Kikening taqdirini o‘sha o‘yin hal qildi.

Kuman keldi. «Barselona»da nima o‘zgardi? Ispaniya kubogi qo‘lga kiritildi, uning yarim finalida «Sevilya»dan qahramonlik bilan o‘tildi (0:2dan keyin mehmonlar asosiy vaqtda 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi). To‘g‘ri finalda «Atlyetik»ni parchalab tashlashdi. Xo‘sh, bu Ispaniya chempionati jadvalida to‘qqizinchi o‘rinni egallab turgan «Atletik»!

Boshqa tomondan, «blaugranas» Chempionlar Ligasidan chiqib ketdi. Pley-offning birinchi o‘yinidan keyinoq. O‘z maydonida PSJga 1:4 hisobida yutqazdi (mehmonda esa , 1:1 durang qayd etilgan). Ispaniya chempionatida ular shohsupaga hammadan ham yaqin edi. Ammo ular o‘z uylarida dastlab «Granada»ga, so‘ngra «Selta»ga (1:2) yutqazib qo‘yishdi va ular endi uchinchi o‘rindan yuqoriga ko‘tarilishmaydi. Yoki hatto to‘rtinchi o‘rinni egallashi mumkin.

Kumanning «Barselona»si

Niderlandiyalik darhol jamoani o‘zi qurishga kirishdi, deyish mumkin. U darhol Luis Suares, Arturo Vidal va Ivan Rakitichni o‘ziga kerak emas futbolchilar sifatida jamoadan ketkazdi. Ular uning murabbiylik kontsepsiyasiga to‘g‘ri kelmadi. Ammo, ma’lum bo‘lishicha, Kuman kontsepsiyasining o‘zi qandaydir vaqtinchalik hodisaga aylandi.

Ular yangi murabbiydan jamoaga yangi turtki kutishdi. U jamoani yangidan qurishi kerak edi, hamma pozisiyalar jihatidan bo‘lmasa ham. Ha, dekabr-yanvar oylarida kataloniyaliklar yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi, ular mag‘lubiyatsiz o‘yinlar o‘tkazdi, u vaqt jamoa o‘yinlar taqvimi ham ancha qulay kelgandi.

Eng yaxshi o‘yinlar vaqti kelganida («Sevilya»bilan Ispaniya kubogi yarim final va PSJ bilan 1/8 Chempionlar Ligasi janglari) kataloniyaliklar shunchaki cho‘kib ketishdi.

Shaxs emas, balki «hech kim»

Katta jamoani boshqarish uchun siz o‘zingiz katta odam bo‘lishingiz kerak. Kuman bunday bo‘lib chiqmadi. Siz «Barselona»ning ochiqchasiga raqiblardan kuchsiz bo‘lib ko‘ringan uchrashuvlarini ko‘rdingiz. Lekin o‘sha o‘yinlarda ham murabbiy hamma aybni o‘z bo‘yniga olgan holatlarni ko‘rdingizmi? Menimcha,yo‘q. Buning uchun ham jasorat kerak.

Aybni qaysidir vaziyatlarga bog‘lab ketishda u yetarlicha mahorat ko‘rsata oldi. Klub rahbariyati murabbiyning bunday xatti-harakatlari bemalol «hazm qildi».

Hech qanday g‘oya amalga oshmadi

Ronald Kumanning «Barselona»si murabbiyning fikri bo‘yicha juda «xom» jamoa bo‘lib chiqdi. Niderlandiyalik murabbiyni hech qanday tajribaga ega bo‘lmagan, deb bo‘lmaydi va uning faoliyatida allaqachon muvaffaqiyatlar bo‘lgan, sezilarli darajada. Masalan, Niderlandiya chempionatida «Ayaks» bilan ikki chempionlik, «PSV» bilan chempionlik va Ispaniya kubogida «Valensiya» bilan g‘alaba. Ammo kataloniyaliklar lagerida Kuman murabbiy sifatida bu kabi sovrinlar bilan porlamadi.

Bundan tashqari, ba’zida u jamoadagi noxush holatni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun umuman qaror qabul qilmagan. So‘nggi paytlarda «Granada» va «Selta» bilan bo‘lgan muvaffaqiyatsizliklar bunga yaqqol misol bo‘ladi. Ushbu o‘yinlar «Barselona»ni tom ma’noda chempionlik poygasidan chiqarib yubordi. Ammo bungacha jamoa «Xetafe» va «Kadis» bilan o‘yinlarda deyarli o‘xshash mag‘lubiyatlarga ega edi. Bir marta istisno bo‘lishi mumkin, ikkinchisi tasodif, ammo uchinchisi murabbiy ishiga qo‘yilgan «tashxis».

«Begona»ga aylandi

Ronald Kumanga qiyin bo‘lganini tan olish kerak, chunki u qiyin koronavirus pandemiyasi davrida jamoani boshqarishi kerak edi. U o‘zining tribunalari ko‘magidan mahrum bo‘ldi, alamdan g‘azablangan yordamni sezmadi. Aslini olib qaraganda, u yakka o‘zi raqiblari bilan to‘qnashdi. Ammo hozirda Ispaniyaning boshqa klublari shunday vaziyatda nafaqat «Barselona».

Qolaversa, «blaugranus» u qadar yolg‘iz emas edi. Muxlislar jamoani faol kuzatishdi, ular chetda qolishmadi. Ular boshqalardan ko‘ra ko‘proq kutishdi va o‘zgarishga ishonishdi. Ammo kataloniyaliklar ichida Kuman murabbiy baribir «begona» bo‘lib qolaverdi. Gollandiyalikning ijtimoiy tarmoqlarda ham xayrixohlari va tarafdorlari ko‘p emasdi.

Bunga murabbiyni sobiq prezident Bartomeu jamoaga taklif qilgani va keyinchalik sharmandalik bilan klubdan haydalgani sabab bo‘lgani sir emas. Ha, Kumanning o‘zi ham, o‘zgarish paytida, ish beruvchidan qat’iyan voz kechmadi, garchi Xosepning muvaffaqiyatsizligi allaqachon aniq edi. Ronald «Bartomeu odami» bo‘lib qoldi, uning «Kamp Nou»dagi so‘nggi vazifasi bir o‘zbek kinofilmida aytilganidek “haydalish kuyini chalish“ bo‘lib qolmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:38, 23.05.2021.
O'qildi: 3849 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.