Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 20:00 Argentina 2-0 Xorvatiya
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

Aguero, «Barcelona», Messi. Bu «uchburchak» atrofida nima gaplar?

Aguero, «Barcelona», Messi. Bu «uchburchak» atrofida nima gaplar?

Baho:
+ | -

Yozgi transfer bozori yaqinlashgani sayin, bir qancha «oldi-sotdilar» haqida asossiz mish-mishlardan tortib, muhim prognozlar futbol OAVlarida tinimsiz aylana boshlashi hayron qolarli emas. Zarari yo‘q, har birining, o‘z qabul qiluvchilari bor, albatta. Mana shunday kutilayotgan transferlardan biri, shubhasiz, Serxio Agueroning «Etixad»ni tark etib, «ko‘k-annorang» libosni kiyishidir.

Muhim insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, Serxio Aguero ushbu yozda «Barselona»ga o‘tadi. Tomonlar allaqachon «ishni pishitishgan». Hujumchi, erkin agent sifatida Kataloniyaga keladi va ozmas-ko‘pmas, 2 yillik shartnoma imzolaydi. Shuningdek, ushbu bitimda «Barsa» Chempionlar Ligasida g‘olib chiqsa, argentinalik turli bonuslar bilan mukofotlanishi bandi mavjud bo‘ladi.

Aguero «kemachilar»da haqiqiy «matros»!

Mart oyida «Manchester Siti» Serxioning joriy mavsum oxirida jamoani tark etishini e’lon qildi. Hujumchi «Siti»ning tirik afsonasi. Afsonaki, o‘n yil ichida 258 ta gol urgan, beshta Prember-liga va Angliya kubogi, uchta Superkubok, oltita Liga kubogini yutgan. Yagona kemtiklik esa Chempionlar Ligasi sovrini bo‘lmish, «shalpangquloq» kubokdir. Aguero bilan vidolashuv, so‘nggi tur o‘yinida «Everton»ga qarshi «Etihad» o‘yingohida bo‘lib o‘tmoqda. Darvoqe, klub rahbariyati stadion yaqinida argentinalikning haykalini o‘rnatishni va’da qilmoqda.

Shogirdlari uchun go‘yoki «mehribon ota»ga aylangan Gvardiola argentinalikni munosib kuzatmoqda: «Uning yaxshi formada bo‘lganligi juda ajoyib. Stadionda bo‘ladigan 10 000 muxlis unga hurmat bajo keltirishi va klub tarixiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirishiga mutlaqo ishonaman»,-deydi Pep.
Bo‘lmasamchi, muxlislar unga atab «Bu hamisha mening shahring bo‘lib qoladi» degan so‘zlar bilan ajoyib graffit chizishdi.

Nega aynan «Barselona»?

Aguero Angliyani tark etmasligi haqidagi fikrlar ham yo‘q emas. Boisiki, hujumchiga Londonning «Chelsi» jamoasi "og‘iz solgan". «Aristokratlar» joriy yilda, super sermahsullik namoyish etib, barqarorlikni yangi mavsumda ham saqlab qolishi shubhasiz. Boz ustiga yangi tarnsferlarning "yangi"ligi qolmadi. Ular to‘liq jamoaga moslashishdi, joiz bo‘lsa, Tuxel tomonidan moslashtirilishdi. Bir qarashda, Aguerodek futbolchi London klubida ortiqchalik qilmaydi. O‘zi umuman bunday hujumchidan hech bir bosh tortmasa kerak.

Lekin yosh va navqiron, Abraham, tajribali Jiru va nemis falsafasini to‘laqonli anglab yetadigan Verner va markaziy hujumda ham mummosiz harakat qiladigan Xaversi bor jamoada, Aguero ko‘pi bilan zahira futbolchisi bo‘lishi mumkin, tag‘in kim biladi deysiz. Lekin aniq faraz shuki, futbolchining o‘zi yangi va o‘ziga xos chorlovni ma’qul ko‘radi. Ushbu chaqiriqning Angliyadan yiroqda bo‘lishi esa mantiqan to‘g‘ri, shunday emasmi?
Serxioga Italiya A Seriyasidan ham qiziqish mavjud.

Turinning «Yuventus» jamoasi futbolchini Ronaldu bilan yaxshi tandem hosil qiladi degan umidda jamoaga olib kelmoqchi. Ha, Aguero portugaliyalik bilan til topishib ketishi barobarida markaziy hujum zonasi uchun Morataga raqobat tug‘dirishi bor gap. Lekin, hali Ronalduning o‘zi jamoada qolish yo qolmaslik borasida aniq qaror qilganicha yo‘q. Bejizga emasdir, uning ko‘ch-ko‘ronlari mashinalarga ortilib, noma’lum manzil tomon yo‘l olgani. Buning ustiga ayni paytda jamoa yangi hujumchi emas, yangi murabbiy taklif etishga ko‘proq e’tibor qaratgani maqsadga muvofiq.

Hujumchi uchun navbatdagi "sovchi" Fransiya, aniqrog‘i Parijdan. Serxioni PSJga bog‘lashi mumkin bo‘lgan kam sonli faktorlardan biri parijliklar ustozi Maurisio Pochettino. Mutaxassis PSJ istiqbolini o‘z hamyurti xizmatlari bilan ko‘ra olsagina, ushbu transfer amalga oshishi mumkin. Qachonki, Serxio Kataloniya emas aynan Parijga, uzoq muddatlik safar qilishni ma’qul ko‘rsa. Aks holda, shundoq ham kadrlar masalasida yirik muammolari bo‘lmagan jamoada o‘rtamiyona xaridni amalga oshirish uchun arzirli sabab mavjud emas. Xo‘p, endi «Barselona».

«Ko‘k-anorranglilar»ni ushbu yozda katta restrukturizasiya(qayta qurish) kutmoqda. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, faqat sakkizta futbolchi kelasi mavsum uchun asosiy tarkibdan o‘zlariga joy kafolatlashi mumkin: Bular orasida tabiiyki Messi asosiy o‘rinda. Bundan tashqari Ter Shtegen, De Yong, Pedri va boshqa yosh futbolchilar.
Grizmann va Dembelening kelajagi borasida konkret qaror yo‘qligi va ikki fransuzning jamoadan ketish ehtimoli mavjud ekanligini inobatga olsak, Aguero bilan shartnoma imzolanishi oldinga chiziqning mantiqiy to‘ldirilishiga asos bo‘la oladi.

Aguero transferining yashirin ahamiyati

Agueroning transferi «Barsa» hujum chizig‘ini munosib kuchaytirish bilan bir qatorda boshqa tomondan ham muhim ahamiyatga ega. Nega? Bir qator manbalar Kunning «Barselona»ga kelishi Messini klubda ushlab turishiga yordam berishi haqida xabar tarqatgan edi.«Bu oqilona, chunki bu Messi uchun yaxshi qulayliklar yaratadi. Agueroning kelishi uni qolishga ishontirishi mumkin», - dedi argentinalik «Barsa» afsonasi Xavyer Maskerano ham.

Rostdanda, Messi va Aguero yoshlikdan qadrdon do‘stlar hisoblanishadi. «Santo Sobado» shousi efirida Aguero 17 yoshidan boshlab, terma jamoaning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ikkovlon mehmonxonada, bitta xonada bo‘lishganini aytdi. «Endi 30 yoshdan oshdik, biz eski turmush qurgan juftlikka o‘xshaymiz. Leo haqiqiy baqiroq. Bir kuni men televizor yoqilgan holda uxlab qolganman, ertasi kuni ertalab shu sababli u meni koyib bergan edi»,-deya tabassum bilan eslaydi Aguero. Bundan tashqari, bir safar, pandemiya paytida Aguero Twitchdagi efir vaqtida do‘stiga qo‘ng‘iroq qiladi.

- Nega ertalab soat to‘qqizda menga qo‘ng‘iroq qilding? deya Messi hayron qoladi.
- Bilmayman, xayrli tong demoqchi edim, - deb javob qiladi Serxio.

Maydondagi va undan tashqaridagi Messining o‘zini tutishidan ma’lumki, Leoning jamoadoshlari bilan o‘zaro munosabati va ular o‘rtasidagi do‘stlik muhim.
Luis Suares «Atletiko»ga o‘tganidan keyin Leo deyarli «Barsa»da yolg‘iz qoldi. Shunday bo‘lsada, La Ligadagi qarama-qarshiliklarga qaramay, Suares deyarli, har kuni Messi bilan gaplashib turishini tan oldi.

Ispaniya OAVlari faol ravishda «Barselona» prezidenti Joan Laporta Leo bilan kelajakni muhokama qilgan va uni MLSga ketish sharti bilan yana ikki mavsum jamoada qolishni taklif qilgani haqida yozmoqda. Argentinalikning maoshi pasayadi, ammo u faoliyati nihoyalangandan so‘ng, o‘zi uchun jonajon maskan, "Kamp Nou"ga qaytib, klubdan joy oladi.

Agar hamma narsa bir-biriga mos keladigan bo‘lsa, yaqinda biz nafaqat ikkita ajoyib hujumchini, balki ko‘p yillik yaqin va qadrdon do‘stlarni bir jamoa safida ko‘rishga muvaffaq bo‘lamiz. Ularning birgalikda qanday natijalar qayd etishini esa hozircha tahmin, transferdan so‘ng esa tahlil qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Dadajon Foziljonov tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:43, 23.05.2021.
O'qildi: 7955 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.