Sunday Times gazetasi Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatini tuzdi. Rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich birinchi o‘ntalikka kirdi.
«Chelsi» egasi inqirozga qaramay, bir yilda o‘z kapitalini 2 milliard funtga oshirdi. Abramovichning umumiy boyligi 12 milliard funtga baholanmoqda.
Qizig‘i shundaki, biznesmen uch yildan buyon viza bilan bog‘liq muammolar tufayli Buyuk Britaniyaga kiritilmayapti. Ayni paytda Abramovich Isroilda yashaydi.