Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 23:45 Frozinone 0-5 Inter
11/05 00:00 Nissa 1-0 Gavr
11/05 00:00 Brest 1-1 Reyms
11/05 00:00 Alaves 2-2 Jirona
11/05 16:30 Fulhem - Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka - Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna
12/05 15:30 Lasio - Empoli
12/05 17:00 Kadis - Xetafe
12/05 18:00 Jenoa - Sassuolo
12/05 18:00 Verona - Torino
12/05 19:15 Atletiko - Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted - Arsenal
12/05 21:00 Yuventus - Salernitana
12/05 21:30 Valensiya - Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya

APL tarixiga nazar: goleador posbonlar

APL tarixiga nazar: goleador posbonlar

Baho:
+ | -

Yaqinda o‘tkazilgan APL doirasida "Vest Bromvich" va "Liverpul" o‘rtasidagi bahsda sensasion voqelik yuz berganiga barchamiz guvoh bo‘ldik. Unda qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘ngida standart vaziyatdan gol kiritildi. Golni esa hujumchilar emas, balki mersisaydliklar darvozaboni – Alisson urdi. Yana bosh bilan— hujumchilarga xos tarzda! Ushbu goli bilan braziliyalik posbon APL tarixiga kirdi. U endilikda, Liga tarixida gol urgan oltinchi darvozabon sifatida eslanadi. Xo‘sh, Alisson oltinchi bo‘ldi, unda qolgan beshta kiperlar kimlar? Quyida, siz ushbu beshtalik haqida ma’lumot olasiz...

Piter Shmeyxel ("Aston Villa", 2001 y.)

"Manchester Yunayted"dagi yulduzli davridan so‘ng, daniyalik darvozabon Birmingem shahri klubida faoliyat olib borgan.



U «Everton»ga qarshi o‘yinda sonidan jarohat oladi. Shunga qaramasdan, o‘yinni davom ettiradi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda burchak to‘pini amalga oshirgan Stiv Stounzning uzatmasini to‘xtatmasdan darvoza tomon yo‘naltirgan Shmeyxel, gol urishga muvaffaq bo‘lib, APLda gol urgan ilk darvozabon sifatida tarixga kirdi.

Bred Fraydel («Blekbern», 2004 y.)



Shmeyxel golidan uch yil o‘tib, «Blekbern» klubi darvozaboni – Freydel ajoyib gol muallifiga aylandi. U «Charlton» klubiga qarshi o‘yinda 90-daqiqada hisobni tenglashtirgan golni kiritgan. Darvoza tomon berilgan zarba yo‘nalishini oyoq bilan teginish orqali o‘zgartirib yuborgan posbon, gol urgan yana bir kiper sifatida tarixda qoldi.

Pol Robinson («Tottenxem», 2007 y.)



«Shporlar» posboni o‘z jarima maydonchasi yaqinidan bergan zarbasi raqib tomonida yerga qattiq sapchib, «Uotford» darvozasini qo‘riqlayotgan Ben Foster ustidan sakrab o‘tib, golga aylanadi. Foster oldinga chiqib ketgani tufayli muxlislar kutilmagan golga guvoh bo‘lishadi. «Uotford»ning o‘sha paytdagi ustozi Adrian Butrayd ushbu gol haqida: "Men butun faoliyatim davomida bunday chiroyli va g‘ayrioddiy golni ko‘rmaganman. Shu kabi golni urish uchun o‘yinchining oyoqlari baquvvat bo‘lishi kerak", deb hayratini yashirib o‘tirmagan edi.

Tim Xovard («Everton», 2012 y.)



Xuddi, Robinson kabi gol muallifiga aylangan «Everton» posboni, erkin zarba bilan to‘pni tepadi. O‘z darvozasidan ancha oldinda yurgan «Bolton» posboni Adam Bog ustidan sakragan to‘p, darvoza to‘ri tomon yo‘nalgan. Lekin bu golda "Guddison Park"da qattiq esgan shamol katta rol o‘ynagan edi. Hayratlanarlisi, ushbu gol 101 metr masofadan kiritilgan. Goldan keyin Xovard xursand bo‘lmagan va hatto nishonlamagan ham edi. O‘yin yakunlangach esa, raqib jamoa darvozaboni Adam Bogdan kechirim so‘ragan.

Asmir Begovich ("Stok Siti", 2013 y.)

APLda Alisson Bekker gol urgunga qadar, darvozani ishg‘ol eta olgan so‘nggi golkiper sifatida bolqonlik Begovich e’tirof etilar edi. U bu ishni bundan sakkiz yil ilgari, «Sautgemton»ga qarshi o‘yinda sodir eta olgan. O‘shanda u, darvozabon qaytargan to‘pni ikkinchi urinishda golga aylantirgandi.

Shunday qilib, Premyer Liga tarixida endilikda oltita goleador darvozabonlar mavjud.

Jaloliddin Ismatov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:10, 24.05.2021.
O'qildi: 3355 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.