Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

UEFA Yevro-2020 turnirining rasmiy madhiyasi e’lon qildi

UEFA Yevro-2020 turnirining rasmiy madhiyasi e’lon qildi

Baho:
+ | -

Tez orada, iyun oyining 11-sanasida Italiyaning Rim shahrida start oladigan ko‘hna qit’aning eng nufuzli musobaqasi uchun kuy bastalandi. Ushbu qo‘shiq turnirning rasmiy madhiyasi sifatida musobaqaga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlashi aniq. Musiqa "We are The  People" ya’ni "Biz xalqmiz" deb nomlangan bo‘lib, afsonaviy niderlandiyalik DJ prodyuser Martin Gerriks boshchiligida, The Edge va Bono ishtirokida ijro etilgan. Ushbu xonandalar 2019 yilning oktyabrida, Amsterdam shahrida UEFA tomonidan o‘tkazilgan yig‘inda rasman qo‘shiq ijrochilari bo‘lish uchun tanlab olingan edi.



Rasmiy madhiya Yevro-2020ning har bir uchrashuvi boshi va so‘ngida doimiy jarang sochib turadi. Shuningdek, teletranslyasiyalar rasmiy kirish grafikalarida orqa fon musiqasi sifatida foydalaniladi.

Ushbu musiqa bugungi kunda qiyinchilik va murakkab sinovlarga duch kelayotgan Yevropa xalqlari uchun birdamlik madhiyasi bo‘lib xizmat qiladi. Barcha qatnashchi terma jamoalarga oldinga intilish uchun ruhiyat baxsh etadi. Musiqa Yevro-2020ning ahillik ramziga aylanadi.

Tarixda ilk marotaba UEFA qit’a chempionatini butun kontinent bo‘ylab, ko‘plab mamlakatlarda tashkillashtirmoqda. Ushbu nooadatiy turnir tashkilotning 100 yillik yubileyiga bag‘ishlab shu ko‘rinishda o‘tkazilishi belgilangan. Mana shu faktor ham musobaqa madhiyasini keng qamrovli mazmunga ega bo‘lishini talab qilgan va "Biz xalqmiz" deb nom olishiga turtki bo‘lgan.

Turnir boshlanishiga bir oy qolganda, 11 may, seshanba kuni Londondagi «Uembli» stadionida, katta monitorlar orqali Yevro-2020 ranglari jilosi ostida rasmiy musiqa ilk bor ommaga namoyish etilgandi. Aynan ushbu stadion musobaqa finaliga mezbonlik qilishi belgilangan.

Musobaqa madhiyasi haqida, UEFA marketing bo‘limi boshlig‘i Gay-Larent Epshteyn shunday deydi:

"Uzoq kutilgan damlar yaqinlashmoqda. Biz siz muxlislarga ushbu ajoyib taronani taqdim etishdan baxtiyormiz. "Biz xalqmiz" kuyi, odamlarga yoqishidan umidimiz katta. Futbol va musiqa birlashib, butun Yevropa xalqiga haqiqiy qudrat baxsh eta oladi degan fikrdamiz".

Jaloliddin Ismatov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.

Евро-2020 расмий мадҳиясини қуйидига саҳифа орқали кўчириб олиш ва тинглаш мумкин.

Kiritildi: 10:23, 25.05.2021.
O'qildi: 3872 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.