Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

«Real» yozda transferlar uchun qancha mablag‘ sarflamoqchiligi va bu pullarni qay yo‘sinda topmoqchi ekanligi ma’lum

«Real» yozda transferlar uchun qancha mablag‘ sarflamoqchiligi va bu pullarni qay yo‘sinda topmoqchi ekanligi ma’lum

Baho:
+ | -

«Real Madrid» yozgi transfer oynasida jamoani keng miqyosda qayta tuzishni rejalashtirmoqda.

Marca xabariga ko‘ra, Madrid klubi sotib olish uchun 130-150 million yevro sarflamoqchi. «Real» ushbu summani futbolchilarni sotish orqali jamg‘arishni rejalashtirmoqda.

Madridliklar o‘tgan mavsumni «Ayntraxt»da ijarada o‘tkazgan Luka Yovich va «Arsenal»da o‘ynagan Dani Sebalyos uchun 25 million yevrodan olishga umid qilmoqda. Ular Mariano Diasni 15 million yevroga sotmoqchi, chunki u kamdan-kam maydonga tushganligi uchun unga bundan qimmatroq narx belgilash mushkul.

«Roma» Borxa Mayoralni sotib olish variantini faollashtirishi kutilmoqda. Klublar o‘rtasidagi ijara shartnomasida Rim klubi hujumchini 15 million yevroga sotib olish mumkinligi aytilgan. U rimliklarning yangi murabbiyi Joze Mourinyoga yoqadi.

Bundan tashqari, agar biron bir klub u uchun 50 million yevrodan ko‘proq taklif qilsa, «Real» Eden Azar uchun takliflarni o‘rganadi. Shuningdek, Marko Asensioni sotish varianti ham bekor qilinmaydi.

Shu bilan birga, Madrid klubi shartnomada ketish uchun bir yil qolgan jamoaning faxriylari bilan xayrlashish orqali ish haqini qisqartirishni rejalashtirmoqda. Ular orasida Garet Beyl, Isko va Marselo bor.

Manba: Marca
Kiritildi: 12:48, 27.05.2021.
O'qildi: 7290 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.