Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Behzod Shamsiyev: «Maqsadimiz — bunday musobaqalar orqali tajriba to‘plab, Parij-2024 olimpiadasiga yo‘llanma olish»

Behzod Shamsiyev: «Maqsadimiz — bunday musobaqalar orqali tajriba to‘plab, Parij-2024 olimpiadasiga yo‘llanma olish»

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston U-21 terma jamoasi ukrainalik tengdoshlarini mag‘lub etib, Valeriy Lobanovskiy xalqaro xotira turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Uchrashuv yakunlagandan so‘ng terma jamoamiz a’zosi Behzod Shamsiyevdan musobaqa haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

"Avvalambor, Valeriy Lobanovskiy xotira turniridagi g‘oliblik bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklayman. Musobaqa haqida fikr bildiradigan bo‘lsam, tashkilotchilik ajoyib tarzda tashkil etildi. Barcha sharoitlar yaratib berildi. Bugungi bahsda juda ham keskin bo‘ldi. Ukrainaga g‘alaba kerak edi va ular shunga yarasha maydonga tushishdi. Biroq biz ularga qarshi ajoyib tarzda harakat qilib, g‘alabani qo‘lga kiritdik. Murabbiylarimizning ko‘rsatmalarini yaxshilab bajarishga harakat qildik deb o‘ylayman.

Musobaqada ishtirok etgan har ikki jamoa: Ozarbayjon va Ukraina ham Yevro havosini olgan termalar hisoblanadi. Ularga qarshi biz ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Ozarbayjonga qarshi bahsda ko‘plab yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Menimcha, ularga qarshi eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini ko‘rsatdik deb o‘ylayman. Imkoniyatlardan yaxshi foydalanganimizda hisob yirik ko‘rinishda ham bo‘lishi mumkin edi. Ukraina mezbon bo‘lib harakat qildi va ular muxlislar qarshisida yaxshiroq harakat qilishga intilishdi. Biroq ko‘zlangan maqsadga erisha olishmadi. Shuni qo‘rqmasdan aytishim mumkinki, bizning terma jamoa bemalol Yevropa jamoalarga qarshi tengma-teng o‘yin ko‘rsatishlari mumkin. Bizning asosiy maqsadimiz, bunday musobaqalar orqali tajriba to‘plab, Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish", — deb fikrini yakunladi Behzod Shamsiyev.

Manba: https://t.me/fcolympicuz
Kiritildi: 07:00, 29.05.2021.
O'qildi: 3158 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.