Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Boks. O‘zbekiston Osiyo chempionatida Qozog‘istonni oltin medalsiz qoldirdi

Boks. O‘zbekiston Osiyo chempionatida Qozog‘istonni oltin medalsiz qoldirdi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Bugun erkaklar o‘rtasidagi final janglari o‘tkazildi.

O‘zbekiston terma jamoasi finalga eng ko‘p sportchi bilan yetib kelgan edi. Oltin medal uchun ringga ko‘tarilgan yetti bokschimizdan 6 nafar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Faqatgina Mirazizbek Mirzaxalilov finalda mo‘g‘ulistonlik Xarku Enx-Amarga imkoniyatni boy berdi.

Finalda 4 marta O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari to‘qnash kelishdi. Ularning barchasida hamyurtlarimiz g‘alaba qozonishdi. Eng yengil vazndagi Nodirjon Mirzahmedov 18 yoshli Daniyal Sabitni mag‘lub etdi. Qozog‘istonlik sportchi jangdan keyin bergan intervyusida mag‘lubiyatni tan oldi.

69 kilo vaznda Bobo-Usmon Baturov va Ablayxan Jussupov o‘rtasidagi jang bor-yo‘g‘i 2 daqiqa davom etdi. Qo‘shni yurt bokschisining peshonasi yirtilib ketgani uchun shifokorlar jangni erta yakunlashdi. Ikki daqiqalik jang hisob-kitoblariga ko‘ra g‘alaba Baturovga taqdim etildi.

Osiyo chempionatida ilk marta ishtirok etgan Saidjamshid Ja’farov (75 kg.) qozog‘istonlik tajribasi bokschi Abilxan Amankulga qarshi bellashuvni katta ishtiyoq bilan o‘tkazdi hamda raqibiga ko‘plab zarbalar berdi. Ikkinchi raundda hakam nohaq ravishda hamyurtimizni nokdaunga tushdi, deya hisobladi. Shunga qaramay, Ja’farov zarbalar soni bo‘yicha ustunlikka erishdi va haqli ravishda g‘alaba qozondi — 4:1.

Bahodir Jalolov (+91 kg.) esa ketma-ket uchinchi marta qozog‘iston Qamshibek Qo‘nqabayev ustidan g‘alaba qozondi.

Shahobiddin Zoirov o‘zining azaliy raqibi Amit (Hindiston)ga qarshi ringga ko‘tarildi. Qiyin kechgan jangda hakamlar g‘alabani vatandoshimizga taqdim etishdi — 3:2.

Qozog‘istonlik eng kuchli bokschi Vasiliy Levit (91 kg.) esa kutilmaganda hindistonlik Sanjitga yutqazdi. Natijada qo‘shnilarimiz bu galgi Osiyo chempionatida birorta ham oltin medalni qo‘lga kirita olishmadi.

Final janglari natijalari:

49 kg. Nodirjon Mirzahmedov (O‘zbekiston) - Daniyal Sabit (Qozog‘iston) - 5:0
52 kg. Shahobiddin Zoirov (O‘zbekiston) - Amit (Hindiston) - 3:2
56 kg. Mirazizbek Mirzaxalilov (O‘zbekiston) - Xarku Enx-Amar (Mo‘g‘uliston) - 2:3
60 kg. Erdenebat (Mo‘g‘uliston) - Daniyal Shaxbaxsh (Eron) - 5:0
64 kg. Shiva Tapa (Hindiston) - Chinzorig Baatarsuxga (Mo‘g‘uliston) - 2:3
69 kg. Bobo-Usmon Baturov (O‘zbekiston) - Ablayxan Jusupov (Qozog‘iston) - 4:1
75 kg. Saidjamshid Ja’farov (O‘zbekiston) - Abilxan Amankul (Qozog‘iston) - 4:1
81 kg. Dilshod Ro‘zmetov (O‘zbekiston) - Meysam Geshlagi (Eron) - 5:0
91 kg. Vasiliy Levit (Qozog‘iston) — Sanjit (Hindiston) - 2:3
+91 kg. Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) - Qamshibek Qo‘nqabayev (Qozog‘iston) - 5:0

Eslatib o‘tamiz, bungacha Abdumalik Xalakov, Elnur Abduraimov va Sanjar Tursunov bokschilarimiz bronza medalini qo‘lga kiritishgandi. Shu tariqa, qit’a chempionatida ishtirok etgan barcha bokschilarimiz musobaqadan medal bilan qaytadigan bo‘lishdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:51, 31.05.2021.
O'qildi: 8704 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.