Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

23 yoshida futbolsiz va ishsiz, yonida homilador rafiqasi bilan qolgan Eduar Mendi qissasi

23 yoshida futbolsiz va ishsiz, yonida homilador rafiqasi bilan qolgan Eduar Mendi qissasi

Baho:
+1 | -

Final hushtagi chalingach, u maysaga tiz cho‘kib yiqildi. O‘zini tutib turolmay yig‘lab yubordi.

Albatta, final oqshomi o‘yin yakunlangach yig‘laganlar ko‘p bo‘ldi va ularning har biri o‘z takrorlanmas tarixi va qissasiga ega. Bugun men ular ichidan ilk mavsumidayoq YECHL rekordi o‘rnatib, 9 o‘yinda darvozasini daxlsiz saqlab qolgan Eduar Mendi haqida yozmoqchiman.



Eduar 1992 yil Fransiyaning Gavr shahri yaqinidagi kichik bir shaharchada dunyoga keldi. Uning onasi Senegaldan, otasi Gvinea-Bisaudan Fransiyaga muhojir sifatida kelib o‘zaro tanishgan edilar. Yosh Mendi “Gavr” futbol klubi akademiyasiga qatnay boshlaganida boshqalardan ajralib turadigan iste’dodi bor edi, deb bo‘lmasdi. U ko‘pchilik qatori futbol ishqibozi bo‘lgan oilaning farzandi edi, xolos. Ammo, “Gavr” akademiyasi bugunga kelib endi bemalol jahon futbolidagi eng samarali faoliyat yuritayotgan maskanlardan biri deyilsa bo‘lar. Pol Pogba, Riyod Mahrez, Stiv Mandanda, Benjamin va Ferlan Mendi kabi maktab tarbiyalanuvchilari bu fikrning asosi bo‘la oladi, menimcha.

Yuqorida aytilganidek, akademiyadagi davrda Eduar o‘zining favqulotda iste’dodi bilan ajralib turmagan. 19 yoshiga kelib uning ko‘plab sheriklari Fransiyaning ikkinchi-uchinchi yoki hatto birinchi ligalarida to‘p tepib boshlaganiga qaramay u mahalliy havaskor jamoa safida qolib ketgandi. Uchinchi liga vakili bo‘lgan “Sherbur” jamoasi yanada quyiroqqa – to‘rtinchi ligaga tushib ketgachgina Mendi o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. 2013/14 yillar mavsumida bu klub ham Mendi bilan kelishuvni bekor qildi. 22 yoshli futbolchi hech kimga kerak bo‘lmay qolgandi. Bolalik vaqtida bir marotaba Angliyaga tajriba almashish dasturi asosida “Gavr”dagi tengdoshlari bilan borib, bu mamlakat futbolini sevib qolgan qahramonimiz o‘zining ingliz futboli haqidagi orzulari bilan yolg‘iz qolgandi.

U agenti orqali Britaniyaga, hech bo‘lmasa to‘rtinchi divizion jamoasiga bo‘lsa ham bormoqchi edi. Uning o‘zi o‘sha davrni quyidagicha eslaydi.

“Bu faoliyatimdagi eng yomon lahzalar edi. Transfer oynasi ochilganiga qaramay agentim sukut saqlar, qo‘ng‘iroqlarimga javob bermasdi. Eng oxirgi kungacha shunday sukunat kuzatildi. Keyin so‘nggi soatlarda menga SMS xabar keldi – “Kechir, men senga biror jamoa topolmadim. O‘zinga boshqa ish topganing yoki alohida mashg‘ulot olib borganing ma’qul”.  U men bilan suhbatlashishga ham o‘zida kuch topmagandi”.

Bunday og‘riqli zarbadan so‘ng Mendi ota-onasi oldiga, uyga  qaytdi. 23 yoshida u futbolsiz va ishsiz qolgan, yonida esa homilador rafiqasi bor edi. U vaqtincha ishsizlik nafaqasi hisobiga kun ko‘ra boshladi. Mendi qarashlarini va sohasini o‘zgartirishga yaqin ham keldi. Do‘stlaridan biri kiyim-kechak do‘konlari tarmog‘iga ega va uni o‘z yoniga, biznes yuritishga taklif ham etdi. Ammo Eduar rozi bo‘lmadi va sport zalida individual mashg‘ulotlar o‘tkazib imkoniyatini kutdi. Bularning hammasi ko‘p emas, bor-yo‘g‘i 2016 yil avvalidagi gaplar...

Aynan 2016 yil barchasi o‘zgara boshladi.

Taslim bo‘lib futbolni tashlab yubormagan Eduar yozda “Reyms”dan taklif oldi. 2017 yil qishida, asosiy darvozabon jarohat olgani bois shu jamoa tarkibida ikkinchi ligada debyut qildi. Shundan so‘ng u qaytib ortga qaramadi.

Dastlab “Reyms” bilan Birinchi Liga yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. U yerda birinchi mavsumida 14 ta “quruq” o‘yin o‘tkazib chempionatning eng yaxshi darvozabonlari qatoriga kirdi. 2019 yil 6 avgust kuni “Renn” klubi bilan shartnoma imzoladi. Himoyasi bilan maqtana olmaydigan bu jamoa tarkibidagi bir mavsum davomida Mendi darvoza tomon yo‘llangan to‘plarning 76 foizini qaytardi. Endi unga bo‘lgan qiziqish APL tomonlardan kela boshladi. Jiddiy qiziqish. Dunyodagi eng qimmat darvozabon bo‘lgan Kepa Arissabalaga bilan muammoga uchrab turgan “Chelsi” 22 million yevro evaziga Mendini xarid qilib klubda raqobat muhitini yaratdi.

Buyog‘ini yaxshi bilasiz!



Eduar Mendi, shubhasiz, yakuniga yetgan klublar o‘rtasidagi futbol mavsumining eng yirik kashfiyotlaridan biridir.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 11:05, 01.06.2021.
O'qildi: 9803 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.