Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Lempardga ham medal

Lempardga ham medal

Baho:
+ | -

Shubhasiz, Chempionlar ligasidagi g‘oliblikning asosiy sababchisi — Tomas Tuxel. Biroq, ko‘pchilik Frenk Lempardning rolini unutib qo‘ymoqda. 2020 yil boshi og‘ir pandemiyadan klubni aynan u olib chiqdi. Hali muammo nimaligini bilmagan "Liverpul", "Tottenxem"lar ishtirokidagi mavsumda to‘rtlikka olib kirdi va CHL yo‘llanmasini oldi. Eng muhimi, u aniq bir reja va loyiha bilan ishladi. Unga asosan klubga darvozabon Eduard Mendi chaqirildi. Hujum yoshartirildi. Verner hamda Xaverts keldi. Mutloq lider Azarning ketishi amortizasiya qilindi, ta’siri kamaytirildi. Meyson Maunt kashf qilindi va asosiy tarkibga moslashtirildi. Jamoani konkret maqsadli holatga keltirdi.

Ammo keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, g‘oyalar generatori bo‘lish Frenkka kamlik qiladi. Klubda har kungi qora mehnat va kollektivni boshqarish mahorati ham natijaga ta’sir qiladi. Qolaversa, muhim o‘yinlarda to‘g‘ri taktika belgilash bo‘yicha amaliyot yetishmadi. Shu joylarini Lempard torta olmadi. "Chelsi"da esa rahbariyat siyosati keskin, bilasiz. Aynan qora mehnat va davomli turnirlarda mayda detallarigacha ishni yo‘lga qo‘ya oladigan, pedantik mutaxassis Tomas Tuxel olib kelindi. Lemparddan unga yaxshi loyiha qoldi. Tuxel esa uni yurgaza oldi. Abramovich haq bo‘lib chiqdi.

Shu mavsumning ham yarmigacha mehnat qilgan Frenk Lempardga kechagi oltin medallardan birini topshirish adolatdan bo‘ladi.

Davron Fayziyev.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 06:00, 02.06.2021.
O'qildi: 6554 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.