Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Shavkat Mirziyoyev bokschilarimizni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev bokschilarimizni tabrikladi

Baho:
+ | -

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionat bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston erkak va ayollar terma jamoasi to‘liq tarkib bilan ishtirok etdi. Yakunda O‘zbekiston terma jamoasi 18ta medalni qo‘lga kirib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo chempionatida qatnashgan boks delegasiyasini ushbu g‘alabalar bilan tabrikladi.

Mard va jasur farzandlarim, yurtimiz qahramonlari!

Siz, azizlar shu yil 24-31 may kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, azmu shijoatli o‘zbek farzandlari qanday buyuk ishlarga qodir ekanini yana bir bor yaqqol namoyon etdingiz.

Sizlarning mana shunday yorqin g‘alabangiz va uning omillari haqida so‘z yuritar ekanmiz, mamlakatimizda keyingi yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor berilayotganini alohida ta’kidlash o‘rinlidir.

Ana shunday yuksak e’tibor tufayli yoshlarimiz o‘rtasida sportning boshqa turlari qatori boksga bo‘lgan mehr va qiziqish ham tobora ortib bormoqda.

Hech shubhasiz, bu borada o‘zining shonli an’analariga ega bo‘lgan o‘zbek boks maktabining sizdek munosib vakillarining jahon maydonlarida erishayotgan ulkan yutuqlari ham beqiyos rol o‘ynamoqda.

Bundan besh yil oldin aynan sizlarning yuksak mahorat va matonatingiz bilan Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston charm qo‘lqop ustalari jahonning eng qudratli va yetakchi boks jamoalari qatoriga ko‘tarilgani barchamizga  cheksiz g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.

Sizlar keyingi yillarda ana shu yutuqlarni yanada mustahkamlab, 3 ta Osiyo birinchiligi, Osiyo o‘yinlari va 2019 yili Rossiyaning Ekaterenburg shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida barcha raqiblarni ortda qoldirib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritganingiz tahsinga sazovordir.

O‘zbek boksining shuhratini kelgusida jahon miqyosida keng tarannum etish, ushbu sport turini yoshlarimiz o‘rtasida yanada ommalashtirish maqsadida yaqinda maxsus qaror qabul qilganimiz sizlarga yaxshi ma’lum, albatta.

Mazkur hujjatda qariyb bir asrlik boy tarix va an’analarga ega bo‘lgan o‘zbek boks maktabini yanada rivojlantirish, uning jahon sportidagi yetakchilik mavqeyini mustahkamlash, yoshlarimiz o‘rtasidan yangi Osiyo, jahon va Olimpiya chempionlari yetishib chiqishini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilanganini aytib o‘tishni istardim.

Shu o‘rinda mamlakatimizda xotin-qizlar sporti, xususan, ayollar boksi ham izchil rivojlanib borayotganini qayd etish lozim. Sizlar g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Osiyo chempionatida To‘maris va Barchinoydek botir va dovyurak momolarimizning munosib davomchilari bo‘lgan jasur qizlarimiz ham faol ishtirok etib, 1 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritganlari hammamizni quvontiradi.

Bu haqda gapirganda, yaqinda yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan dunyo  birinchiligida o‘zbek qizi Nigina O‘ktamova milliy tariximizda birinchi marta xotin-qizlar orasida «jahon chempioni» degan yuksak sharafga muyassar bo‘lganini faxr bilan tilga olamiz.

Ishonamanki, bu hali boshlanishi. Kelgusida qizlarimiz bundan ham yuksak g‘alabalari bilan jahon boks olamini hayratga soladi, albatta.

Aziz g‘olib va muzaffar farzandlarim!

Sizlarning Osiyo chempionatida erishgan ulkan yutug‘ingiz eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – Mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonasiga munosib sovg‘a bo‘ldi.  

Sizlar ushbu g‘alabangiz bilan xalqimizga yanada ko‘tarinki kayfiyat, katta va quvonch olib keldingiz.

Bunday muvaffaqiyatlar zamirida tajribali murabbiylar va federasiya xodimlarining kechayu kunduz qilayotgan tinimsiz mehnati, faxriylarimizning yillar davomida to‘plagan buyuk va bebaho merosi, xalqimiz va hurmatli ota-onalaringizning duolari mujassam, desak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi.

Yaqinda Tokio shahrida boshlanadigan Olimpiya o‘yinlarida ham sizlarga mana shunday ulkan zafar va omadlar yor bo‘lsin!

Jahon sport maydonlarida Vatanimiz bayrog‘ini yanada baland ko‘tarib, uning shon-shuhratini oshirishda barchangizga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat va yangi-yangi g‘alabalar tilayman.

Yorqin va ulkan yutug‘ingiz muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Kiritildi: 12:56, 02.06.2021.
O'qildi: 4103 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.