Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

Shavkat Mirziyoyev boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga tabrik yo‘lladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021 yilning 24—31 may kunlari BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarga tabrik yo‘lladi.

"Mard va jasur farzandlarim, yurtimiz qahramonlari!

Siz, azizlar shu yil 24—31 may kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, azmu shijoatli o‘zbek farzandlari qanday buyuk ishlarga qodir ekanini yana bir bor yaqqol namoyon etdingiz.

Sizlarning mana shunday yorqin g‘alabangiz va uning omillari haqida so‘z yuritar ekanmiz, mamlakatimizda keyingi yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga jiddiy e’tibor berilayotganini alohida ta’kidlash o‘rinlidir.

Ana shunday yuksak e’tibor tufayli yoshlarimiz o‘rtasida sportning boshqa turlari qatori boksga bo‘lgan mehr va qiziqish ham tobora ortib bormoqda.

Hech shubhasiz, bu borada o‘zining shonli an’analariga ega bo‘lgan o‘zbek boks maktabining sizdek munosib vakillarining jahon maydonlarida erishayotgan ulkan yutuqlari ham beqiyos rol o‘ynamoqda.

Bundan besh yil oldin aynan sizlarning yuksak mahorat va matonatingiz bilan Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston charm qo‘lqop ustalari jahonning eng qudratli va yetakchi boks jamoalari qatoriga ko‘tarilgani barchamizga cheksiz g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.

Sizlar keyingi yillarda ana shu yutuqlarni yanada mustahkamlab, 3 ta Osiyo birinchiligi, Osiyo o‘yinlari va 2019 yili Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilgan Jahon chempionatida barcha raqiblarni ortda qoldirib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritganingiz tahsinga sazovordir.

O‘zbek boksining shuhratini kelgusida jahon miqyosida keng tarannum etish, ushbu sport turini yoshlarimiz o‘rtasida yanada ommalashtirish maqsadida yaqinda maxsus qaror qabul qilganimiz sizlarga yaxshi ma’lum, albatta.

Mazkur hujjatda qariyb bir asrlik boy tarix va an’analarga ega bo‘lgan o‘zbek boks maktabini yanada rivojlantirish, uning jahon sportidagi yetakchilik mavqeini mustahkamlash, yoshlarimiz o‘rtasidan yangi Osiyo, jahon va Olimpiya chempionlari yetishib chiqishini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilanganini aytib o‘tishni istardim.

Shu o‘rinda mamlakatimizda xotin-qizlar sporti, xususan, ayollar boksi ham izchil rivojlanib borayotganini qayd etish lozim. Sizlar g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Osiyo chempionatida To‘maris va Barchinoydek botir va dovyurak momolarimizning munosib davomchilari bo‘lgan jasur qizlarimiz ham faol ishtirok etib, 1 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritganlari hammamizni quvontiradi.

Bu haqda gapirganda, yaqinda yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan dunyo birinchiligida o‘zbek qizi Nigina O‘ktamova milliy tariximizda birinchi marta xotin-qizlar orasida «jahon chempioni» degan yuksak sharafga muyassar bo‘lganini faxr bilan tilga olamiz.

Ishonamanki, bu hali boshlanishi. Kelgusida qizlarimiz bundan ham yuksak g‘alabalari bilan jahon boks olamini hayratga soladi, albatta.

Aziz g‘olib va muzaffar farzandlarim!

Sizlarning Osiyo chempionatida erishgan ulkan yutug‘ingiz eng ulug‘, eng aziz bayramimiz — Mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonasiga munosib sovg‘a bo‘ldi.

Sizlar ushbu g‘alabangiz bilan xalqimizga yanada ko‘tarinki kayfiyat va katta quvonch olib keldingiz.

Bunday muvaffaqiyatlar zamirida tajribali murabbiylar va federasiya xodimlarining kechayu kunduz qilayotgan tinimsiz mehnati, faxriylarimizning yillar davomida to‘plagan buyuk va bebaho merosi, xalqimiz va hurmatli ota-onalaringizning duolari mujassam, desak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi.

Yaqinda Tokio shahrida boshlanadigan Olimpiya o‘yinlarida ham sizlarga mana shunday ulkan zafar va omadlar yor bo‘lsin!

Jahon sport maydonlarida Vatanimiz bayrog‘ini yanada baland ko‘tarib, uning shon-shuhratini oshirishda barchangizga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat va yangi-yangi g‘alabalar tilayman.

Yorqin va ulkan yutug‘ingiz muborak bo‘lsin!"

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionati—2021 musobaqasida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 8 ta (1 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza) medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, erkaklar jamoasining barcha 10 nafar a’zosi sovrindorlar qatoridan joy oldi (6 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza). O‘zbekiston delegasiyasi 7 ta oltin (6 ta kumush, 5 ta bronza) bilan musobaqaning umumiy reytingida 2-o‘rinni egalladi.

Manba: president.uz
Kiritildi: 22:59, 02.06.2021.
O'qildi: 4328 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.